Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olindi va Telegram kompaniyasining bunga munosabati

Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olindi va Telegram kompaniyasining bunga munosabati

Telegram asoschisi Pavel Durov 24-avgust kuni Fransiyada hibsga olindi. Bu haqda TF1 xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, u Ozarbayjondan Parijga o‘z shaxshiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.

Durov Telegram’da moderatsiyaning yo‘qligi, ushbu tarmoqda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlar, jumladan, giyohvand moddalarni tarqatish, bolalar pornografiyasi va firibgarlik va boshqa ayblovlar uchun qidiruvga berilgan. U fransuz huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmagani sababli unga hibsga olish orderi berilgan. 

“Pavel Durov albatta tergov izolyatoriga tushadi, u o‘z platformasida son-sanoqsiz huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ydi, buning oldini olish uchun hech narsa qilmadi”, — degan ishga yaqin manba.‌‌

Agar unga qo‘yilgan ayblar isbotlansa Durov 20 yilga qamalishi mumkin.

Pavel Durov 2014-yilda Rossiyadan ko‘chib ketgan. Ko‘p o‘tmay, u Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlatlari fuqaroligini olgani ma’lum bo‘lgandi. Bu unga dunyoning aksariyat mamlakatlariga, jumladan, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga vizasiz tashrif buyurish imkonini beradi. 2021-yilda Durov BAA va Fransiya fuqaroligini olgan. So‘nggi yillarda Durov BAAda yashab kelayotgandi.

Xabarda aytilishicha, Durovni hibsga olish uchun order faqat Fransiyada amal qiladi. U mazkur mamlakatda persona non grata ekanini bilgan, Yevropa bo‘ylab kamroq sayohat qilgan va Telegram ishi xavfsizlik kuchlari nazorati ostida bo‘lgan davlatlardan nari yurgan. 

Telegram kompaniyasi Durov hibsga olinishiga munosabat bildirdi

Telegram jamoasi 25-avgust kuni messenjer asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga munosabat bildirdi

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Telegram “Yevropa Ittifoqi qonunlariga to‘liq rioya qiladi”, kontentni moderatsiya qilish esa “soha standartlariga mos kelib, doimiy ravishda takomillashtirilmoqda”. Shuningdek, kompaniya bosh direktorining “yashirish uchun hech narsasi yo‘qligi va u muntazam ravishda Yevropa bo‘ylab sayohat qilshi” aytilgan.

Durov yoki platforma Telegram foydalanuvchilarning suiiste’molliklari uchun javobgar ekani haqidagi da’volarni Telegram jamoasi “absurd” deb atagan.

“Butun dunyo bo‘ylab qariyb bir milliard foydalanuvchi Telegramni aloqa vositasi va muhim ma’lumotlar manbai sifatida ishlatadi. Biz ushbu vaziyatning tez orada hal etilishini kutmoqdamiz. Telegram har doim siz bilan”, deyiladi munosabatda

Manbalarga ko‘ra, Fransiya sud hokimiyati Pavel Durovni qamoqda saqlash muddatini uzaytirgan. Tergovga yaqin manba bu tergov sudyasining qaroriga ko‘ra maksimal 96 soatgacha uzaytirilishi mumkinligini aytmoqda.

Bu muddat tugagach, sudya shaxsni ozod qilish yoki unga ayblov qo‘yish va qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin.

Fransiya rasmiylari Durovning hibsga olinishiga izoh bermadi

Telegram bayonoti Pavel Durov Ozarbayjondan Parijga qaytganida Le Burje aeroportida qo‘lga olingandan deyarli bir kun o‘tib e’lon qilindi. Bu haqida Fransiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, orderga Durovning mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani, shuningdek, Telegramdagi kontentni yetarlicha moderatsiya qilmagani sabab bo‘lgan.

Durov messenjerda sodir bo‘layotgan noqonuniy faoliyatda, xususan, giyohvand moddalar savdosi, terrorizm, bolalar pornografiyasini tarqatish, firibgarlik va jinoyatchilikning boshqa bir qator sohalarida ishtirok etishda gumon qilinmoqda. Shu bilan birga, Fransiya hukumati tadbirkorning hibsga olinishiga izoh bermadi.

Parij prokuraturasi 26-avgust dushanba kuni matbuot uchun bayonot e’lon qiladi. Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi esa Fransiya hukumatidan Pavel Durovning oldiga konsullik xodimlarini kiritishni talab qilgan.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хамма жойда шу хакда гапиршвотти

  2. Тимур

    Лекин купла унитдикки, Россиядаям телеграмни блок килишмокчи буганда, Дуров уларга керели пайтда доступла беришга рози булди

  3. Тимур

    Деме, ЕСга хам беради ва озодликка чикади

  4. Bizda ham serverlari bor

  5. Bechora, nima yomonlik qilibti bulaga

  6. Dilshod

    Qoyib yuborishadi baribir, puli kop uni

  7. Qoyib yuborishsin, yaxshi inson

  8. Chiqmasayam nima qilibti, qarindoshingizmi? Siqilasiz

  9. Laliddin

    Yaxshi bo’lipti

  10. Nimaga unaqadis?

  11. Hammasi yaxshi bo’ladi

  12. Bugun chiqadimi?

  13. Javohir

    Ha

  14. Fazo.tv

    Kecha chiqazib yuborishdi

  15. Jasmina opalaring

    Wunaqa xabarlani qattan ewitasla search

  16. Bulaga bazan hayron qolaman, kam odam biladigan narsalaniyam yozishadi

  17. Jasmina opalaring

    smile smile smile smile

  18. Chiqdimi endi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social