Telegram messenjeri guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi ishga tushirilishi haqida e’lon qildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilgan.
Telegram’da ta’kidlanganidek, funksiyani ishga tushirish 2020 yil oxirigacha rejalashtirilgan. Xavfsiz guruhli videoqo‘ng‘iroqlar uchun texnologiyani yaratish mo‘ljallanmoqda.
«Hozirgi global lokdaun videoaloqa bo‘yicha ishonchli vosita zarurligini ko‘rsatdi. 2020 yilda videoqo‘ng‘iroqlar 2013 yildagi xabarlar almashinuviga juda o‘xshash. Yoki xavfsiz, yoki foydalanishga yaroqli bo‘lgan dasturlar mavjud, ammo bir vaqtning o‘zida shu ikki jihatni o‘zida birlashtirgani yo‘q. Biz buni hal qilmoqchimiz va 2020 yilda sizni xavfsiz guruhli videoqo‘ng‘iroqlar bilan ta’minlashga e’tibor qaratamiz», – deyiladi Telegram’da.
Messenjer yil yakunlariga ko‘ra oylik auditoriya 400 milliongacha ko‘paygani haqida xabar berdi. Bir yil oldin uning auditoriyasi 300 million foydalanuvchi edi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, pandemiya va uydan ishlashga o‘tish sharoitida, Telegram ijtimoiy tarmoqlar yo‘nalishida 20dan ortiq mamlakatda eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi.
tezroq chiqaziwsin, juda udobniy boladi
To’ri judayam kereli funksiya anca as qotardi lekin