Messendgerda endi rasman shifrlash orqali himoyalangan qo’ng’iroqlarni amalga oshirish imkoni paydo bo’ldi. Ulanish to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladi. Maxsus audio kodeklar yordamida Telegram trafikni tejaydi va tovushlarning yuqori sifatini ta’minlaydi.
Bundan tashqari foydalanuvchilarni filtrlash tizimi ham kiritilgan. Siz ba’zi bir abonentlarning qo’ng’iroqlarini cheklab qo’yishingiz mumkin, yoki umuman ilovadagi ovozli qo’ng’iroqlarni o’chirib quyishingiz mumkin.
O’zgarishlarga qaramay, messendger interfeysi hali ham oddiy ko’rinishga ega. iOS versiyasida qo’ng’iroqlar uchun alohida yorlig’ini yaratish mumkin, yoki sozlash orqali so’nggi qo’ng’iroqlarni ko’rish taklif etiladi. Android platformasida esa qo’ng’iroqlar to’g’risida ma’lumotlarni chap tarafning pastgi menyusi orqali ko’rish mumkin bo’ladi.
Audio qo’ng’iroqlar hozirda faqat G’arbiy Evropa mintaqasi uchun mavjud, lekin ishlab chiquvchilar xabariga ko’ra, u yaqinda boshqa mintaqalar uchun ham mavjud bo’ladi.
Bundan tashqari, hozir Telegramda jo’natilayotgan video sifatini boshqarish mumkin bo’ladi. Foydalanuvchi o’zi video sifatini tanlashi mumkin va jo’natishdan oldin natijani ko’rishi mumkin.
bizadayam ishlavottiyu faqat evropada emas