Tiniqib uxlashga yordam beradigan 7 odat

Tiniqib uxlashga yordam beradigan 7 odat

Tiniqib uxlash endokrin, yurak-qon tomir tizimi va organizmdagi a’zolar faoliyatida muhim sanaladi. Uyquning me’yorda bo‘lishi uchun esa mutaxassislar ayrim jihatlarga e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi.

Milk va tishlar salomatligi haqida qayg‘uring

Tishlarni yotishdan avval yuvish va ovqat qoldiqlarini yo‘qotish uchun maxsus ipdan foydalanishning o‘zi kifoya emas. Stomatologlar buning o‘zi bilan cheklanmasdan maxsus vosita bilan tishlarni chayishni tavsiya qiladi. Gap shundaki, uxlaganda organizmdan suyuqlik, xususan, tishlar va til uchun muhim bo‘lgan so‘lak ham kam miqdorda ajraladi. Kechasi tishlarni xavfli bakteriyalardan himoya qilish uchun antiseptik vositadan foydalanib chaying.

Uyqu rejimda bo‘lsin

Uyquga yotish hamda uyg‘onish bir vaqtda va tartibli bo‘lishiga rioya qiling. Bu, birinchidan, sirkad ritmni me’yorda bo‘lishiga hissa qo‘shadi ikkinchidan esa uxlash odatini shakllantiradi va natijada sizni uyqusizlik bezovta qilmaydi.

Tamaddi qilishni unutmang

Kechasi shakar va uglevodlarga boy og‘ir ovqat iste’mol qilish zararli hisoblanadi. Ammo oqsil, kletchatka va to‘yinmagan yog‘lar (masalan, sabzavotlar qo‘shilgan tvorog yoki sabzavot va yong‘oqdan tayyorlangan salat)ni o‘z ichiga olgan yengil tamaddi koni foyda.

Yoga bilan shug‘ullaning

Shifokorlar asab tizimini ortiqcha zo‘riqtirmaslik uchun kechasi sport bilan shug‘ullanmaslikni tavsiya qiladi. Ammo ushbu maslahat yogaga taalluqli emas. Yengil mashqlar tinchlanishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kunini o‘tib o‘tkazadiganlar uchun yaxshi samara beradi. Kechga borib mushak va suyaklar bo‘shashishga muhtoj bo‘ladi. Bel, yonbosh, boldir, shuningdek, yelka va bo‘yinning chigalini yozishga yordam beradigan mashqlarni bajaring. O‘zingizni yaxshi his qila boshlaysiz.

Limon qo‘shilgan issiq suv iching

Limonli, ayniqsa, yalpiz va moychechak qo‘shilgan ichimlik nafaqat tinchlanishga yordam beradi, balki metabolizmni ham jadallashtiradi. Qolaversa, organizmdagi pH miqdorini me’yorlashtirib, organizmni jig‘ildon qaynashi va boshqa shunga o‘xshash yoqimsiz jarayonlardan himoya qiladi.

Spirtli ichimlikdan voz keching

Yotishdan avval ichilgan bir qadah vino uyqu sifatini 40 foizga kamaytiradi. Alkogol uyqu siklini nazorat qiladigan miyadagi neyrotransmitterlarga salbiy ta’sir qiladi. Menopauza davridagi ayollarda esa spirtli ichimlik ahvolni yanada yomonlashtiradi.

Yorug‘lik bo‘lmasin

Uyqudan bir soat avval kompyuter va smartfondan foydalanmang. Ulardan taraladigan moviy nur uyqu gormoni melatoninning ishlab chiqarilishiga salbiy ta’sir qiladi. Qolaversa, yotoqxona hamda vannaga uncha yorqin bo‘lmagan lampalarni qo‘yish tavsiya qilinadi. Bu tanani kechki uyquga hozirlaydi, shuningdek, kechasi to‘liq dam olishga xalal beradigan stress gormoni miqdorini kamaytiradi.

Kommentlar: 28 komment. 28 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Har kuni yomon uxliman. nima qilsam b6ladi?

  2. Yaxshi uxlash juda muhim. har kuni 8 soat uxlash kerak. shunda ozingizni yaxshi his qilasiz.

  3. Sumayya

    Manam Layloni fikriga qoʻshilaman.I dalshe tepada berilgan maqolaga binoan uyqu rejimda boʻlishi kere.Undan tashqari yoga bilan shugʻullanish bekorga tafsiya qilinmagan.Bu tepada berilgan maqolani oʻqisez i unga amal qisez uyqiz meyorga kelip tiniqib uxlolisiz.Endi bu mani fikrim.Lola maslahatimmi aqillilikga yoʻymisiz.

  4. Fazo.tv

    Salom Sumayya va Laylo! Fikringiz uchun katta raxmat. smile

  5. Salom qizlar. gaplarilani 6qidim, yaxwi narsala yozibsila. 6zila 8 soat uxlisilami?

  6. Sumayya

    Mani Erkinga qaytaradigan atvetim:Siz bizani gapimizani oʻqishdan oldin tepada berilgan maqolani oʻqib chiqib keyin savol bersez yaxshi boʻlardi.Man 8 soat uxlash dib kechqurun 5 soat uxlash va kunduzi 2 soat mizgʻivolishshi nazarda tutdim.Undan tashqari Lolani yozishi boʻyicha u yomon uxlirkan.I dalshe bizadan maslahat soʻragani uchun bizayam lichniy fikrimizni ettik.

  7. b6ldi b6ldi. s6rawni aybi y6q a tak. baqirib berdingiz srazu

  8. Sumayya

    Какой привет такой ответ

  9. Yomon gapirmudim a tak. prosta s6radim b6ldi

  10. ja osmon ekansiz, ladno

  11. Sumayya

    Yerdegi ahmo boʻgandan osmon boʻganim yaxshiro sizga etsam.Manam nima didim.Tepadagi informatsiyalani oʻqib chiqqanizda bunaqa savol berishizga oʻrin qomasdi.

  12. A bopti bopti. osmonizda yururin. yerga 4urib qoyiwadi

  13. Muhammad amin

    Eeee boʻldi nme urishvossila.Zoʻru a saytga kirvolib koʻrmasdan eshitmasdan turib janjal qilish.
    Ukam siz savol berganizda necha soat uxlash haqida oʻzizziyam fikrizzi etganizda janjal chiqmasdi.Sinim sizam oʻzizi bosvolin.Har holda qiz bolasiz.Man sizzi boshqa kamentlarizziyam oʻqib chiqdim.Dunyo qarashiz keng ekan.Gap yoʻ.Lekin sal narsaga asab buzvursez buyode odamda yaxshi taʼsurot qoldirmisiz

  14. Muhammad amin

    Tiniqib uxlashga berilgan foydali maslahatlar uchun raxmat

  15. Sumayya

    Raxmat oka maslahat uchun.Lekin man kimdadir taʼsurot qoldirish uchun yuzimga maska taqib oʻtirmiman.Oʻzimmi qanaqaligimmi oʻzim bilsam boʻgani.Boshqasi bilan ishim yoʼ.Erkin bilan mani janjalimizaga keladigan boʻse man oʻzimmi fikrimmi bildirdim.Agar shu qigan momilamda chegaradan chiqqan boʻsam man Erkindanam sizdam uzur soʻriman.

  16. Muhammad amin

    Manga qarab sinim oʻzi nechanchi yilsiz.Hali yoshga oʻxshavossiz ʼ.Shu yoshida shuncha nervinni boʻsez ertaga hayotta qiynalib qolas

  17. Fazo.tv

    Salom do’stlar. Iltimos urushmanglar. Biz bu yerda do’stlashish uchun va fikrlarni bo’lishish uchun yig’ilamiz. Yozadigan maqolalarimiz ham shu uchun. Iltimos do’stona suxbat quraylik smile

  18. Man uruwgan joyim yo. ozi sal narsaga jahli 4iqsa, man nima qili. Kimnidir hafa qigan b6sam uzr.

  19. Muhammad amin

    Извините меня пожалуйста.

  20. Fazo.tv

    Raxmat do’stlar. Iltimos urushmaylik smile Yaxshimisizlar? yozni so’nggi kunlari ham kelib qolyapti

  21. Yaxwi raxmat. tin4misizla 6zila? Muhammad amin aka tin4misiz? Sumayya opa yaxwimisiz?

  22. Muhammad amin

    Assalomu alekum.Raxmat yaxshi.Ashuro kunlani yaxshi oʻtqazvossilami

  23. Raxmat. yaxwi. 6zingiz4i? qiynaliwlar y6qmi?

  24. Jasmina opalaring

    Bularsiz ham mazza qip uxleman rofl

  25. Jasmina opalaring

    Yo rostda aziza 1ta uxlasam ancha ancha uxlemandelaugh

  26. Yaxshi uxlismi kechasi?

  27. Jasmina opalaring

    Da kechasi soat 12 1 lada uxlasam ertalab 9 10larda turaman smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social