Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi reydlar: issiqxonalar, qurilish va sanoat korxonalari tekshirilmoqda

Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi reydlar: issiqxonalar, qurilish va sanoat korxonalari tekshirilmoqda

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Doniyor Turg‘unovning ma’lum qilishicha, 2025 yil 23 noyabr holatiga ko‘ra Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekistonda atmosfera havosining ifloslanishi kichik gradiyentli, yuqori bosimli atmosfera jarayoni va inversiya hodisasi ta’sirida turg‘un saqlanmoqda. Mazkur holatni yumshatish maqsadida Toshkent va unga tutash hududlarda keng qamrovli reydlar va amaliy tadbirlar olib borilmoqda.

D.Turg‘unov ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda inversiya hodisasi havoning vertikal harakatini cheklab qo‘ygan. Vertikal harakatning noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida mayda zarrachalar quyi havo qatlamlarida to‘planib, atmosfera havosining ifloslanish darajasi ma’lum vaqt davomida turg‘un saqlanib qolmoqda.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzurida tun-u kun 24/7 rejimda ishlovchi tezkor shtab tashkil etilgan bo‘lib, u tezkor tahlillar va ilmiy natijalarga asoslangan holda o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Shu negizda bir qator amaliy choralar ko‘rildi.

Xususan, Toshkent shahrida ko‘chalarni changdan tozalash va yuvish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, poytaxt hududiga tutash hududlarda joylashgan issiqxona xo‘jaliklari faoliyati o‘rganildi. Atmosferaga ta’siri yuqori deb baholangan 106 ta issiqxona xo‘jaligi faoliyati cheklab qo‘yildi.

Shaharda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ham qat’iy nazoratga olingan. O‘rganishlar natijasida qurilish qoidalarini buzgan va atmosfera havosiga ta’siri yuqori bo‘lgan 14 ta qurilish obektiga ogohlantirish berildi, ularga qurilishni qanday tartibda davom ettirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetkazildi.

Shuningdek, Toshkent shahri va unga tutash hududlarda joylashgan birinchi va ikkinchi toifaga kiruvchi sanoat korxonalari faoliyati ham tahlil qilinmoqda. Tahlillar natijasiga ko‘ra, 305 ta sanoat korxonasida mavjud 883 ta chang-gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish ishlari boshlangan.

Doniyor Turg‘unov ma’lum qilishicha, tezkor shtab tomonidan havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha yangi kompleks dastur ishlab chiqilmoqda. U ikki yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: qisqa muddatda amalga oshiriladigan tezkor choralar; o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik chora-tadbirlar.

Ushbu dasturni tayyorlash jarayoniga Ekologiya qo‘mitasi, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, mutaxassislar va olimlar jalb etilgan. Yaqin kunlarda dasturni tasdiqlash uchun Hukumatga taqdim etish rejalashtirilgani qayd etildi.

Kommentlar: 25 komment. 25 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Toshkent havosi shu darajada yomonlashib ketdiki, endi bitta-ikkita reyd bilan hammasi hal bo‘ladigan masala deb o‘ylash — odamlarni mensimaslik! Yillar davomida chang-gazni nazorat qilmaganlar kim edi? Endi esa “reyd o‘tkazyapmiz” deb o‘zlarini qahramon qilib ko‘rsatishyaptimi? Natija qani?!

  2. 106 ta issiqxona yopilganmish… Juda yaxshi! Lekin shu vaqtgacha ular necha yil havoni zaharladi? Kim javob beradi? Bu choralarning bari kechikkan, juda kechikkan! Tashkiliy ishlar emas, real havo kerak bizga! Hamma va’da qiladi, lekin havo baribir qo‘ng‘ir tutun!

  3. Har kuni ertalab uyg‘onsam boshim og‘rib turadi, ko‘chaga chiqsam chang bilan nafas olyapman. Shu paytgacha 883 ta tozalash uskuna ishlamaganini bilib g‘azabim chiqdi! Ular ishlamagan bo‘lsa, kim nazorat qilgan? Kim maosh olib o‘tirgan? Eng asosiysi — nega odamlar sog‘lig‘i haqida hech kim o‘ylamagan?

  4. Qurilishlar bo‘yicha 14 ta ob’ektga ogohlantirish berilgan debdi. Ha-ha, ogohlantirish! Bu nimadir o‘zgartiradimi? Ogohlantirish bilan havo sof bo‘lib qolmaydi-ku! Nega jarima yo‘q? Nega to‘xtatib qo‘yishmaydi? Odamlarning sog‘lig‘i ularga qanchaga tushadi o‘zi?!

  5. “Tezkor shtab tuzildi” deyishyapti… Har yili biror komissiya, shtab yoki dastur tuziladi, lekin natija yo‘q! Havo har yili yomonlashib boryapti. Gap ko‘p, lekin ish yo‘q. Mutaxassislar, olimlar jalb qilinibdi — juda yaxshi, lekin nima uchun bu ishlar faqat havoga bo‘g‘ilib qolganimizdan keyin boshlanadi?

  6. Haqiqatni aytsam, bu maqolani o‘qiganimda umid ham, ishonch ham sezmadim. Hamma “reja”, “tahlil”, “strategiya” deb gapiryapti. Lekin oddiy odamlar har kuni zahar bilan nafas olayapti! Bu — fojia. Toshkent havosi shunaqa bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘yganlar javobgarlikka tortilmaguncha hech narsa o‘zgarmaydi!

  7. Yaxshi, tezroq natija kerak bizga! Har yili bu narsa qaytarilmasligi kerak!!!

  8. BIZGA TOZA HAVO KERAK!!!

  9. Hammasi yaxshi boladi, kutinglar, sal sabr qilinglar

  10. Jumaniyozev

    Butun Ozbekistonda shunday

  11. Shu xaftani oxirigacha shunday bolarkan sad

  12. Bekorchi

    Hamma reydlar vaqtinchalik choralar xolos. Asl yechim — sanoat korxonalarini shaffof monitoring qilish. Har bir zavodning chiqindi miqdori onlayn tarzda ochiq e’lon qilinsin! Odamlar o‘z ko‘zi bilan ko‘rsin qaysi korxona havo zaharlayapti. Shunda hech kim “bizda hammasi joyida” deb yolg‘on gapira olmaydi.

  13. Bekorchi

    Shunchaki changni yuvish bilan ish bitmaydi! Shahar ichida avtomobil harakatini keskin kamaytirish kerak: jamoat transportini yaxshilash, eski mashinalarni yo‘ldan olib tashlash, markazga kirishni pullik qilish. Boshqa mamlakatlar buni allaqachon qilgan! Toshkent ham shunday qattiq choralar ko‘rmasa, havo hech qachon tozalanmaydi.

  14. Bekorchi

    Korxonalarni modernizatsiya qilish yaxshi, lekin bu jarayon juda sekin. Shuning uchun hukumat zudlik bilan ekologik fond ochishi kerak: kompaniyalar jarimalaridan tushgan pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri filtrlar, havo o‘lchash stansiyalariga sarflansin. Pul bor, texnologiya bor, faqat qat’iy nazorat yo‘q! Bu tizim ishlasa, Toshkent havosi asta-sekin tiklanadi.

  15. Prezident Mirziyoyev havoni tozalash bo‘yicha yangi dastur tasdiqlaganini o‘qib xursand bo‘ldim. Ayniqsa, issiqxonalar uchun tabiiy gaz va ekologik energiya manbalariga o‘tish rejasi — bu havoni ancha yaxshilasa kerak.

  16. Dekabrdan boshlab yuk avtomobillarining poytaxtda piks paytlarida harakatiga cheklov qo‘yilishi rejalashtirilgan — juda zo‘r chora! Kamroq katta yuklar — kamroq zaharli gaz chiqishi va sovuq paytda havo yaxshiroq bo‘lishi mumkin.

  17. Ushbu farmonga ko‘ra, qurilish kompaniyalari va zavodlarda onlayn monitoring kameralar va havoni o‘lchash stansiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu ayniqsa muhim, chunki chindan nazorat kuchaysa, ifloslanish darajasi real ravishda tushishi mumkin.

  18. “Green Tashkent” loyihasi doirasida Toshkentda yashil hududlarni kengaytirish, botanika bog‘lari yaratish rejasi borligi juda yoqimli. Daraxtlar nafaqat go‘zallik, balki havoni tozalashda ham juda katta rol o‘ynaydi.

  19. Prezident farmonida faqat sanoat emas, balki odamlarning salomatligi va jamoat nazorati e’tiborga olingan. Ekopulitsiya tashkil qilinishi va havo ifloslanishi bo‘yicha javobgarlik kuchaytirilishi kutilmoqda. Bu biz oddiy fuqarolar uchun katta g‘amxo‘rlik.

  20. 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilganlik ham o‘z samarasini bersa kerak. Ushbu ekologik strategiya va chora-tadbirlar uzoq muddatli natija beradi, va men umid qilamanki, bu Toshkentda havo sifatini yaxshilaydi va hayotimizni sog‘lom qiladi.

  21. Umuman olganda, yangi Prezident farmoni va ekologik choralarning “har tomonlama” bo‘lishi — bu Toshkent havo muammosini jiddiy hal qilishga qaratilgan katta qadamdir. Bu faqat so‘zda qolmasligi, balki haqiqiy nazorat va “ko‘k” rivojlanish yo‘liga kirishimizga umid beradi.

  22. Natijalarni kutamiz

  23. hozir havo ancha yaxshilandi

  24. Hava xlam

  25. Havo ancha ochildi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social