9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan keng miqyosdagi va ommabop bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, 4 – 7 may kunlari Toshkent shahri ko`chalari bo`ylab urush davriga oid retro mashinalar marshi hamda aholining gavjum joylarida ularning to`xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi. Retro mashinalar marshining to`xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda bo`lib o`tadi:
4 may – soat 14.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – 22 harbiy shaharcha – M.Ulug`bek bog`i – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigasiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “G`alaba bog`i” – Mudofaa vazirligi yo`nalishlarida harakat qiladi. To`xtash joylari: M.Ulug`bek bog`i va “G`alaba bog`i”;
5 may – soat 10.00 – 15.00 da – Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sirg`ali bozori – Mudofaa vazirligi yo`nalishlarida harakat qiladi. To`xtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali, Sirg`ali bozori va “Ashxobod” bog`i;
6 may – soat 14.00 – 19.00 da – Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Donish ko`chasi, Megaplaneta – Yunusobod ko`chasi Korzinka savdo markazi –Mudofaa vazirligi yo`nalishlarida harakat qiladi. To`xtash joylari: “EKO” bozori, Megaplaneta va Korzinka savdo markazi;
7 may – soat 10.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – “Toshkent” siti – Xalqlar do`stligi san`at saroyi – Chilonzor dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yo`nalishlarida harakat qiladi. To`xtash joylari: “Toshkent” siti, Xalqlar do`stligi san`at saroyi va Chilonzor dehqon bozori.
Ke4a k6rdim ulani. juda 4iroyli mowinala. borib k6rila, silagayam yoqadi
курми кобман, чиройли бугандир? видео боми?