Uning xotini Rossiyadagi chempionatga qo’yib yubormadi va yordamga uning do’stlari keldilar!

Uning xotini Rossiyadagi chempionatga qo’yib yubormadi va yordamga uning do’stlari keldilar!

Meksikalik besh nafar do’stlar 2014-yilda  Braziliyada bo’lib o’tgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida ishtirok etishdi. Ular Fernando, Mat’e, ikkita Doniel va Xav’er lar edi. Ular o’z jamoasini qo’llab-quvvatlash uchun borishdi. Keyin ular to’rt yildan so’ng yana bo’lib o’tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etishga qasam ichishdi… lekin taqdir o’zgacha o’zgarishlar kiritdi.

Ular Rossiyaga safar qilish uchun, eski maktab avtobusini sotib oldilar va uni safar uchun tayyorlashdi. Avtobus ichkarisiga ko’rpa-to’shaklar va televizor qo’yilib, tashqi ko’rinishi esa yorqin Meksika rasmlari bilan bo’yaldi.

Avvaliga hamma narsa rejaga muvofiq edi, lekin oxirgi paytda Xav’erni xotini chempionatga borishiga ruxsat bermadi.

Shundan so’ng, do’stlar o’zlarini bilan Xav’erning to’liq bo’yiga yarasha karton rasmini olib bordilar.

Mazkur kartonga quyidagi so’zlar yozilgan futbolka bor edi: “Ayollim meni qo’yib yubormagan”.

Meksikaliklar Yevropaga okean bo’ylab o’tishdi, undan keyin ular Berlin, Praga, Budapesht, Riga, Krakov va Sankt-Peterburgga tashrif buyurishdi.

Ular bilan hamma joyda kartonli Xav’er bor edi.

Ba’zan unga dam berildi.

15-iyun kuni avtobus Moskvaga yetib keldi.

Ajoyib do’stlar turnirning birinchi bosqichida Germaniya ustidan g’alabasini ko’rish uchun yetarlicha baxtiyor edi.

Kartonli Xav’er esa butun dunyo bo’ylab ayol muhlislarga yoqib qoldi.

Umid qilamizki, Meksikada qolgan haqiqiy Xav’er, o’zining ajoyib do’stlaridan xafa emas.

Bu noyob g’oyaga qanday qaraysiz?

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social