Vessyl: har qanday ichimlik tarkibini aytib beradi

Vessyl: har qanday ichimlik tarkibini aytib beradi

«Aqlli» krujka Vessyl ustida San-Frantsiskoda Mark One kompaniya mutaxasislari etti yil ichida ish olib borganlar va ushbu krujka unga quyilgan suyuklikning hususiyatlarini aniqlab beradi. Mazkur moslama smartfon bilan birlashgan holda foydalanuvchiga hamma ma`lumotlarni bera oladi.

«Aqlli» krujka o`rnatilgan maxsus sensor orqali ichidagi suyuqlikni analiz qilib uning xususiyatini aniqlab beradi. Krujka kofe, spirtli ichimlik, yogurt, hamda har xil soklarni aniqlab berishi mumkin. Vessyl hattoki ichimlik turini va uning aromatlari xaqida habar beradi.

«Aqlli» krujka Vessyl suyuqlikning shaqar, protein, yog`lar, kofein va kaloriyalikni darajasini aniqlab berishi mumkin va bunda siz o`zingiz bu ichimlikni tayyorlagansiz yoki sotib olganingizni axamiyati yo`q.

Bundan tashqari, krujka foydalanuvchining bir kun ichida qancha suyuqlikni istemol qilaganini va organizm suv aylanish darajasini ko`rsatadi.

Barcha ma`lumotlarni ko`rish uchun, krujkaga suyuqlikni quyib va uni ko`tarish kerak. Krujka ma`lumotlarni o`zining maxsus ekraniga chiqaradi. Moslama ma`lumotlarni smartfonning maxsus ilovasiga olib chiqaradi.

Vessyl sotuvga 2015-yil boshida chiqadi va uning narxi $199 bo`lishi kutilmoqda. Oldindan buyurtma qilinsa $99 turadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social