Video: Xitoy osmono`par binoni 19 kun ichida qurdi

Video: Xitoy osmono`par binoni 19 kun ichida qurdi

Ma`lumki, Xitoy dunyoning eng rivojlangan davlatlardan biridir. Bunga amin bo`lish uchun Xitoyning 20 yil oldingi va hozirgi qiyofasini taqqoslash kifoyadir. Shuningdek, Xitoy misli ko`rilmagan texnologiya, ishlab chiqarish va ijodkorlik namunalari bo`yicha etakchi o`rinlarda turadi. Shunday namunalardan biri, bu 57 qavatli osmono`par binoni qurilishidir.

Xitoyliklarga binoni qurishda mahsus temir modullarni ishlatish tizimi yordam bergan. Buning yordamida ularga 15 ming tsement yuk mashinasini tejab qolishdi. Mazkur yo`lni ekologik yo`l deb ham aytish mumkin, chunki atmosferaga tsement changini chiqarish pasaydi. Tayyorlangan bloklar bir biri bilan oson bog`lanib ketadigan bolalar konstruktorning jihozlariga o`xshaydi. Shunday qilib, qurish brigadasi bir kunda uchta qavvatdan qurishgan.

Imoratning umumiy maydoni 180 ming m2. Unda 800 shinamgina xonadonlar va ofis maydonchalari mavjud. Shunday yo`l bilan qurilgan minoraning bir kvadrat metri 1000 dollar narhiga ega. Imoratning qurilishini Xitoy Broad Sustainable Buildings (BSB) kompaniyasi boshqargan . Ilgari ular yangi texlonogiyani boshqa imoratlarni qurishida ishlatgan.

Tezlashtirilgan video lavha orqali imoratning qurilish jarayonini ko`rish mumkin. Video to`rt daqiqa davom etadi.

Manba: NakedScience

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social