Xitoyda bolalarga haftasiga uch soatdan ko‘proq onlayn o‘yin o‘ynash taqiqlandi

Xitoyda bolalarga haftasiga uch soatdan ko‘proq onlayn o‘yin o‘ynash taqiqlandi

Xitoyda 30-avgustda voyaga yetmagan bolalar uchun yangi cheklovlar joriy etildi: endilikda ular onlayn o‘yinlarni haftasiga uch soatdan ortiq o‘ynay olmaydi.

Yangi qoidalar mamlakatda o‘yinga bog‘lanib qolish xavotirlari sabab joriy etilmoqda. Shu sababli Xitoyning Tencent va NetEase o‘yin platformalari voyaga yetmaganlar uchun onlayn o‘yinlarni haftasiga uch soatgacha cheklashi kerak.

18 yoshga to‘lmagan fuqarolar endilikda haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 20:00 dan 21:00 ga qadar bir soatdan o‘ynashi mumkin. Shuningdek, ularga bayram kunlari ham bir soatdan onlayn o‘yin o‘ynashga ruxsat beriladi.

Ta’kidlanishicha, tegishli o‘yin servislari ishdan tashqari vaqtlarda onlayn o‘yinlar cheklashi, bundan tashqari, yangi qoidalar ijrosini ta’minlash maqsadida foydalanuvchilarni tekshirish tizimiga ega bo‘lishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda bundan oldin ham bolalarning onlayn o‘yinlar o‘ynashiga cheklov bo‘lgan, biroq bu qadar qattiq emas edi: odatdagi kunlarda 1,5 soat, dam olish va bayram kunlari esa 3 soatdan o‘ynashga ruxsat berilgandi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sumayya

    Mashie narsa oldinro boshlanib bizadayam yoʻlga qoʻyilishi kere

  2. Sumayya

    Mashie narsa oldinro boshlanib bizadayam yoʻlga qoʻyilishi kere.

  3. Fazo.tv

    Salom Sumayya, ota-onalarning o’zi buni kontrol qilib turisha olishmaydimi?

  4. Sumayya

    Assalomu aleykum ota ona nazoratga olish uchun voht ajratish kere.Lekin otayam ishim bor dip ketvursa onayam ishim bor ishdan boshini koʻtarmasa bola yana nmani kutish mumkin?

  5. Fazo.tv

    Salom Sumayya, to’g’ri aytasiz, lekin bolaning tarbiyasi ham muhim emasmi?

  6. Sumayya

    Assalomu aleykum.Tarbiya birinchi oʻrinda.Shunichun tarbiya soʻziga nechi nechchi olimla toʻri tariflomagan.Tarbiyani berishga ota ona oʻqtuvchi masʼul.Ota ona tarbiyani zoʻr berib qoʻyib qoʻliga telefon berib qoʻysayu bola undan toʻri foydalanmasa berilgan tarbiyani hich kim tan omidi

  7. Fazo.tv

    Salom Sumayya, fikringiz uchun katta raxmat.

  8. Sanlangar

    Zoʻr qilishibdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social