Yangi “Barracuda” deb nomlanuvchi chemodan ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchilarning ta`kidlashicha, bu dunyodagi birinchi butunlay yig`iladigan qattiq chemodan bo`ladi. Unda GPS, netbuk uchun mahsus joy, USB zaryad, qulay tutqich mavjud va original dizaynga ega.
Sumka va chemodanlarni ishlatilmagan vaqtda saqlash muammo bo`lishi mumkin, ayniqsa sizda ularga joy bo`lmasa. Shuning uchun Barracuda ishlab chiqaruvchilari uni ihcham qilishga harakat qilishdi. Barracuda krovat tagiga sig`adigan kichkina chemodandan, katta va baquvvat chemodanga aylanishi mumkin.
Manba: Adme.Ru