Paxta yangiliklari: “Bu inson uchun kichik bir qadam va insoniyat uchun esa katta pog’ona”

Paxta yangiliklari: “Bu inson uchun kichik bir qadam va insoniyat uchun esa katta pog’ona”

21 sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida videoselektor yig’ilishi o’tkazildi.

Ma`lum bo’lishicha, shoshilinch videoselektor davomida bu yilgi paxta terimi mavsumi masalasi muhokama qilingan. Yig’ilishda paxta-yig’im terimida bo’lgan talabalar, o’qituvchi va tibbiyot xodimlarini dars jarayoni hamda ish faoliyatiga qaytarish masalasi ko’rib chiqilgan.

Hukumat rahbari tomonidan 22 sentabr kuni paxtaga jalb qilingan talabalar, o’qituvchilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytarish bo’yicha topshiriq berilgan.

Endilikda fermer xo’jaliklarida yetishtirilgan hosilni yig’ib-terib olish uchun aniq belgilangan chora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va “Fidoyi yoshlar otryadlari” jalb qilinadi.

Manba: kun.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social