Hozir raqamli texnologiyalar asrida, mobil telefon yordamida istalgan narsani suratga olish imkoni bo‘lgan bir paytda, qo‘shimcha kamerani faqat professional fotograflar sotib oladi. Yaponiyaning Gather Tech kompaniyasi taqdim etgan yangilik ko‘pchilikni hayron qoldiradi. Kompaniya tomonidan yaratilgan dunyodagi eng kichik kamerada fotosuratlarni ham, videolarni ham suratga olish mumkin.
Yaponiyaning Gather Tech kompaniyasi yangi gadjet — MiniCa’ni yaratdi. Ushbu kamera nafaqat o‘lchamlari — 40×47×36 millimetr, balki og‘irligi bilan ham hayratda qoldirdi. Bu kameraning vazni atigi 17 grammni tashkil qiladi.
Qurilma yordamida siz nafaqat fotosuratlar, balki videolar ham olish mumkin. Katta piksellar soni yuqori sifatli kadrlarni olishga yordam beradi. Uning akkumulyatori sig‘imi gadjetdan bir soat foydalanish imkonini beradi.
Kadrlarni smartfoningizda suratga olishni istamaysizmi? Xavotir olmang, Gather Tech bu masalaning ham yechimini o‘ylab topdi. Kamera microSD kartasiga ega. Bu sizga suratga olgan barcha narsalaringizni kompyuteringizga yoki telefoningizga o‘tkazishga yordam beradi.
Hozircha bu yangilikni do‘konlardan topib bo‘lmaydi, biroq siz GreenFunding platformasi orqali uni oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Yaqinda Sony sun’iy intellektga ega xuddi shunday kamera — ZV-E1 ni taqdim etdi. Biroq uning og‘irligi 483 grammni tashkil etdi, shuning uchun “dunyodagi eng yengil kamera” nomi MiniCa’ga tegishli.
Прикольный такой
Ajoyib
Chiroyli ekan.
Jijjaginakan
Salom
Салом Малика, яхшимисиз?
Rahmat, siz kimsiz?
Сиз ездиз, жавоб бердим булди
Zo’rku
takoy
Ajoyib juda zor chiroyli kamera ekan menga yoqdi
Zorku
Chiroyli kamera
O’zimga bitta olardim