Kelajakda u neft tankerlari o‘rnini egallashi mumkin.
Yaponiyaning PowerX startapi butun dunyo bo‘ylab qayta tiklanadigan energiya yetkazib berish uchun mo‘ljallangan 96 ta kuchli akkumulyatorga ega kema ustida ishlamoqda. Birinchi kema 2025 yilgacha tayyor bo‘ladi, uning sinovlari bir yildan so‘ng boshlanadi.
Akkumulyator-kema uzunligi 140 metr bo‘lib, 300 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Tanker bir reys davomida 241 MVt·s toza energiyani tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Neft eksporti miqyosida kema quvvati kichikroq ko‘rinishi mumkin, deb tan oladi kompaniya. Biroq, kema kelajakda ko‘proq akkumulyatorlar bilan ishlash imkonini beruvchi «moslashuvchan dizayn»ga ega.
Taxminlarga ko‘ra, kema portlarga kirib, mahalliy infratuzilmani quvvatlantiradi. Shuningdek, u dengizdagi shamol stansiyalariga va yerosti yoki suvosti kabellaridan foydalanish qiyin bo‘lgan joylarga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
PowerX – bu batareya ishlab chiqarish bo‘yicha startap. Kompaniya asoschilari toza energiyadan foydalanish va uzatish usullarini o‘zgartirmoqchi, shuningdek, uni butun dunyoga tarqatmoqchi.
Красиво
Yaponiya 3000 yilda yashaydi
Ajoyib zor ish bolardi juda chiroyli kema
Quyoshda ishlasa bo’midimi?
Bilmadim
Кечаси нима килишади куёшда ишласа?)
Assalom alaykum Temur aka quyosh batareyalari borku
Ха, лекин уларни бундай олиб юриш кийин, шунга кемалада ишлатилмиди
Ajoyib
Yoqdi
Assalom alaykum Temur aka ha yaxshi rahmat balki lekin bilmasam balki keyinchalik yana bit yollarini oylab topishar
Булиши мумкин
WoW