“Arsenal” 22 yillik tanaffusdan so‘ng APL g‘olibi bo‘ldi

“Arsenal” 22 yillik tanaffusdan so‘ng APL g‘olibi bo‘ldi

“Arsenal” 2025/2026-yilgi mavsumda Angliya Premyer Ligasi gʻolibiga aylandi. Bu “Manchester Siti” 37-tur doirasidagi oʻyinda “Bornmut” bilan bahsda (1:1) ochko yo‘qotganidan so‘ng sodir boʻldi. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida London klubi 82 ochko bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi. “Shaharliklar” esa 78 ochko bilan ikkinchi pogʻonadan joy olgan va chempionlik uchun imkoniyatlaridan butunlay mahrum boʻldi.

Angliya Premyer Ligasining 37 ta o‘yinida “Arsenal” 25 ta gʻalabaga erishdi, yetti bor raqiblari bilan durang oʻynadi va besh marta magʻlubiyat alamini tatib koʻrdi. Musobaqaning yakuniy, 38-turida Mikel Arteta shogirdlari “Kristal Pelas”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 24-may kuni Londondagi “Selherst Park” stadionida boʻlib oʻtadi.

Bugungi kungacha “Arsenal” soʻnggi bor 2003/2004-yilgi mavsum yakunlariga koʻra Angliya chempioni boʻlgan edi. 22 yillik tanaffusdan so‘ng London jamoasi yana Angliya futboli taxtiga qaytdi va 14-bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kommentlar: 37 komment. 37 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dilmurod

    Arsenal yana chempionlik haqida gap ketganda yuragim tez uradi Bu klub baribir boshqacha atmosfera beradi!

  2. Dilmurod

    Rostini aytsam, Arsenal anchadan beri bunga loyiq edi. Juda ko‘p tanqid eshitishdi, lekin taslim bo‘lishmadi

  3. Dilmurod

    Haterlar yana “omad” deydi endi Mehnat qilgan jamoaga ham hurmat kerak-ku.

  4. Dilmurod

    Arteta boshida ko‘pchilikka yoqmasdi, hozir esa natija ko‘rinmoqda. Sabr qilgan yutadi.

  5. Dilmurod

    Arsenal muxlisi bo‘lish oson emas Asab, stress, umid… hammasi bor. Lekin baribir sevamiz.

  6. Dilmurod

    Endi faqat bir narsa kerak — stabil o‘yin. Bir mavsum zo‘r o‘ynab, keyin pasayib ketmasin iltimos

  7. Tabriklayman

  8. Arsenal nihoyat haqiqiy chempiondek o‘ynayapti Shu kayfiyatni uzoq kutgandik!

  9. Kim nima desa desin, Arteta jamoani tiriltirdi. Oldingi Arsenal bilan hozirgisi osmon bilan yercha farq

  10. Manchester City fanatlari yana bahona qidiradi endi

  11. Rays bu mavsum shunchaki uchar darajada o‘ynadi Respect!

  12. Arsenal muxlisi bo‘lish — sabr maktabi Lekin oxiri shirin bo‘lyapti.

  13. Rostini aytsam, Arsenalga hali ishonmayman. Bir mavsum yaxshi o‘ynab, keyin yo‘qolib ketadi ‍♂️

  14. Hamma “chempion” deb hype qilyapti, lekin Yevropada hali o‘zini ko‘rsatsin avval. Baribir Premyer Liga bu yil juda qiziq bo‘ldi Arsenal ham intriga qo‘shdi.

  15. Himoya zo‘r ishladi, shu narsa jamoani olib chiqdi.

  16. Lekin hakamlar ham ba’zi o‘yinlarda Arsenalni tortib ketgandek tuyuldi

  17. Arsenal o‘ynaganda kayfiyatim ko‘tarilib ketadi ❤️ Juda chiroyli futbol!

  18. Haterlar jim bo‘lib qolganini ko‘rib mazza qilyapman

  19. Trossard va Saka tandemiga gap yo‘q

  20. Shu klub uchun qancha asab ketganini fanatlar biladi xolos… Endi Champions League’da ham portlatish kerak

  21. Yoshlar juda ochildi bu mavsum. Arsenal kelajagi porloq ko‘rinmoqda.

  22. Oldin Arsenalni hazil qilishardi, hozir esa hamma hurmat bilan qarayapti

  23. Menimcha hali tajriba yetishmaydi. Katta bosimda nima bo‘lishini ko‘ramiz.

  24. Futbolga bunaqa intriga kerak edi Baribir eski Arsenal ruhi qaytayotgandek tuyulyapti. heart

  25. Arsenal chempion bo‘lsa ham Manchester United baribir kattaroq klub

  26. Fanatlar birdan ko‘payib ketdi, qayerda edinglar oldin?

  27. Lekin tan olish kerak, o‘yin sifati juda oshgan. Arteta ko‘pchilikni og‘zini yopib qo‘ydi

  28. Keyingi mavsum ham shunaqa bo‘lsa, haqiqiy grandga aylanadi.

  29. Arsenal o‘yinlarini ko‘rib futbolga qayta qiziqib qoldim

  30. Juda emotsional mavsum bo‘ldi, oxirigacha hayajon tushmadi.

  31. Ba’zi fanatlar haddan oshib ketadi, lekin jamoaning o‘zi respectga loyiq

  32. Stadion atmosferasi shunchaki bomba

  33. Chempionlikka intilgan jamoa aynan shunday kurashishi kerak!

  34. London is RED dance dance dance

  35. Mashxur

    Ajoyib maqola

  36. Congratulations!!!!

  37. Fuflo chempion

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social