Yaponiyalik olimlar sun’iy intellekt asosida tovuq «tili» tarjimonini yaratdilar. Bu haqda REN TV Business Insiderga tayanib xabar bermoqda.
Professor Adrian Devid Cheok «Chuqur hissiy tahlil», deb nomlangan maxsus texnologiyadan foydalangan. Bu qushlarning his-tuyg‘ularini aniqlash imkonini beradi.
Olimlar 80 ta tovuq va xo‘rozni sinovdan o‘tkazdilar. Endi qushlarning «tili» bo‘yicha, ular ma’lum bir vaqtning o‘zida zavq, stress, qoniqish, ochlik yoki, ehtimol, biror narsadan qo‘rqishadimi yoki yo‘qligini aniqlash mumkin.
«Agar hayvonlarning his-tuyg‘ularini tushuna olsak, ular uchun yaxshi yashash sharoitlarini yarata olamiz», deb professor Cheok so‘zlarini keltiradi Business Insider.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, tovuqning zotiga qarab, uning «tili» ham o‘zgarishi mumkin.
Вуахахахахахаха
Bowqa muammo yode
debili
Yaponlarni boshqa qiladigan ishi yo’qmi???
Bo’ldi, endi boshqa hayvonlarni tilini ham o’rganila
Bu dunyoga nimalar bo’lyapti
Bizanikila esa oyoqlar muammosi bilan bandlar
O’sha ayting aka
Klass