Yaponiyaliklar “inqilobiy” havosiz shinalarni ixtiro qildi

Yaponiyaliklar “inqilobiy” havosiz shinalarni ixtiro qildi

Yaponiyaning Toyo Tires kompaniyasi havosiz shinalar texnologiyasi sohasida “inqilobiy progress”ga erishganini ma’lum qildi. Bu kabi “pokrishka”larning o‘ziga xosliklari — teshilishlarga bardoshliligi, bosimni kuzatish zarurati yo‘qligi va an’anaviy shinalardan uzoq muddat xizmat qilishida. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, shinalar 10 barobar mustahkamga aylangan, rezinalarning yirtilishga bardoshliligi esa qariyb 40 foizga oshgan va hozirda standart “pokrishkalar darajasida”, deb xabar beradi Motor.

Toyo Tires kompaniyasi Noair nomi ostidagi havosiz shinalarni 2006-yilda taqdim etgan va o‘shandan buyon ularning uzoq vaqt xizmat qilishi asosiy muammo bo‘lib kelayotgandi. O‘shanda yaponlar yig‘iladigan stullarni yodga soluvchi kegaylar bilan yopilib turuvchi konstruksiyani patentlagan edi: aynan ular notekis yo‘llardagi zarbalarni havo o‘rniga qabul qiladi.

Kompaniya havosiz “pokrishka”larni kichik miqdorda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, chunki yapon qonunchiligi ularni umumiy foydalanishdagi yo‘llarda foydalanishni taqiqlaydi. Bu kabi shinalarning asosiy xaridorlari — golf-klublar va ko‘ngilochar bog‘lar egalari hisoblanadi.

Biroq Toyo Tires’ning “pokrishka”lar bozori elektrokarlar va avtonom boshqariladigan texnologiyalar ommalashayotgan avtomobil bozori ortidan o‘zgarishiga ishonchi komil. Shu sababli ixtirochilar kompaniyasi bu kabi havosiz shinalarni boshqa sohalarda ham qo‘llash mumkinligidan umidvor.

Toyo Tires — havosiz shinalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan yagona kompaniya emas. Fransiyaning Michelin kompaniyasi bir necha yil davomida Uptis (Unique Puncture-proff Tire System yoki teshilishga bardoshli “pokrishka”lar) shinalar savdosini boshlashni rejalashtirmoqda. Ular keyingi avlod Chevrolet Bolt elektrokarlari bilan taqdim etilishi mumkin.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Шохрух

    прикольно

  2. Alisher

    unknw keremas maqola

  3. nimaga? qiziqarli narsaku, nega keremaskan?

  4. Alisher

    bu saytda keremas dib uyliman

  5. norm maqola, nime unaqa dis, bunaqa yangilila ham kere

  6. Alisher

    mayli, uzimi fikrimni aytdim buldi

  7. norm norm

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social