Maxsus kostyumlar nafaqat mushuk va itlarning hayotini osonlashtiradi, balki tashvishli egalarini ham tinchlantiradi.
Yaponiyada sovutish uchun ventilyatorli hayvonlar uchun kiyimlar sotuvga chiqdi. Hammasi rekord issiqlik tufayli, bu nafaqat odamlarga, balki uy hayvonlariga ham ta’sir qilyapti.
Kostyumlarning og’irligi juda oz, taxminan 80 gramm. Ular to‘rli matodan qilingan, ventilyatorlar esa o‘rnatilgan batareyadan quvvat oladi. Sweet Mommy onalik kiyimlari kompaniyasi rahbari Rei Uzava tomonidan ishlab chiqilgan.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, sovutuvchi kostyumni yaratishda jazirama paytida yurish juda qiyin bo‘lgan chihuahua itidan ilhomlangan.
Bugungi kunga qadar Rei Uzavaga mushuk va itlar uchun shamollatiladigan kiyimlar uchun 100 dan ortiq arizalar kelib tushgan. Kostyumning narxi 9900 iyen.
Yaponiyada bu yil yomg’irli mavsumda juda kam yog’ingarchilik bo’ldi, bu tez orada uzoq muddatli issiqlik bilan almashtirildi. Shunday qilib, so’nggi to’qqiz kun ichida Tokiodagi termometrlar 35 ° C dan pastga tushmadi.
вот молодцы!!!
bizni odamlayam wunaqa hayvonlarni yaxwi kuriwganda edi…
yaponla uzi zur xalq
namun4a wirin bumasa ula
barakalla
odamlani uylawsa bumidi
odamlani nima foydasi bor?!
odamla faqat dunyoni buziwadi
Juda chiroyli va ixcham ekan hayvonlar rohatda endi
menda bir savol bor, uni bizda ham sotib olsa boladimi?