«Yerning ichki yadrosi to‘xtagan, hatto teskari aylanayotganga o‘xshaydi. Yirik zilzilalardan keyingi seysmik tahlillar bunga dalil». Xitoylik olimlarning shu hafta nufuzli Nature Geoscience jurnalida chop etilgan tadqiqoti natijalari jahon fan olamida qizg‘in bahslarni uyg‘otdi.
O‘tgan asr 90-yillari o‘rtalarida olimlar Yerning kattaligi Oyga teng ichki yadrosi — qaynoq temir shar o‘z issig‘i natijasida sayyoramizning sirtqi qobig‘iga qaraganda tezroq aylanishini aniqlashgandi. Pekin universiteti geologi Syaodun Sun boshchiligida o‘tkazilgan yangi tadqiqotga ko‘ra esa, taxminan 2009-yilda yadro aylanishi sekinlashib, hatto to‘xtagan, bu ham kamdek, teskari aylanishni boshlagan.
Yadro to‘g‘risidagi ma’lumotlar har xil yo‘llar bilan olinadi, xitoylik olimlar esa zilzilalar keltirib chiqaruvchi seysmik to‘lqinlar ma’lumotlariga tayanishdi. Tadqiqot atrofidagi bahslar qaynoqlik bobida yadroning o‘zidan qolishmayotganiga aslida sabab ham shu.
Olis koinotga intilayotgan insoniyat oyog‘ining ostida nimalar bo‘layotganidan bexabar. Masalan, Yer yadrosi haqida ma’lumotlar juda oz. Jyul Vernning fantastik asarida Yer markaziga sayohat qilgan odam bolasi haqiqiy hayotda buning uchun jismonan va ilman ojiz, hozircha.
Qaynoq shar shaklidagi temir-nikel yadroga yetish uchun 2 900 kilometr ichkarilash kerak. Uning yuzasida harorat Selsiy bo‘yicha 6 000 daraja qaynoq, yadro markazidagi bosim esa taxminan 4 mln atmosfera. Geologlar ichki yadrodan ajralgan energiya suyuqlikni elektr toklari hosil qilib, tashqi qatlam bilan birga harakatlanishga majbur qiladi, deb hisoblashadi. Elektr toklari, o‘z navbatida, magnit maydonini hosil qilib, sayyoramizni fazodan keluvchi vayronkor nurlarlardan himoyalaydi.
Xitoylik olimlar dubletlar — «qo‘shaloq zilzilalar»ning yozib olingan signallarini o‘rganishdi. Dubletlarning seysmik to‘lqinlari umumiy epitsentrdan tarqalib, deyarli bir xil tebranishlar hosil qiladi. Farqi — vaqti, shu bois signallar ichki yadroning turli qismlaridan o‘tadi. Bu esa yadro chindan ham aylanayotganini isbotlaydi. Biroq 2009-yildan boshlab bu farqlar kuzatilmay qo‘ydi…
Shundan kelib chiqib, xitoylik olimlar (2009-yilda) yadro to‘xtagan, deyishmoqda. Undan ham ajablanarlisi, yillar o‘tib olingan ma’lumotlar yadro mutlaqo teskari tomonga aylanishni boshlaganini ko‘rsatmoqda…
Xitoylik tadqiqotchilarning taxminlariga ko‘ra, yadroning aylanish davriyligi jami 70 yil bo‘lib, har 35 yilda yo‘nalishini o‘zgartiradi. Tadqiqot natijalari albatta juda qiziq, biroq yagona to‘xtam uchun yetarlimi? Yer yadrosini o‘rganish o‘ta muhim, hech bo‘lmaganda, yerdagi magnetizm tabiatini tushunish uchun ham kerak, bekorga bir asr muqaddam Eynshteyn buni fizikaning beshta eng asosiy jumbog‘idan biri demagandi.
«Xitoyliklar bu natijalarga Yerning seysmik holatini o‘ta sinchiklab o‘rganib erishishdi. Biroq o‘zlari ham ikkilanishyapti, «ehtimol» sifatida taqdim etishyapti. Ehtimol ular bu xususiyatni «paypaslab ko‘rishgan», sezishgandir, biroq ichki yadroning tashqi qobiqqa nisbatan aylanishini bu taxlitda (qo‘sh zilzilalar signallari yordamida) aniqlash o‘ta ishonchli deyishga to‘liq jur’at etishmayapti», — dedi Moskva davlat universiteti geologiya fakulteti professori, geologiya-mineralogiya fanlari doktori Roman Veselovskiy.
Yer yadrosi to‘xtagani rostmi? Yer yuzasidagi jarayonlarga, xususan, iqlim o‘zgarishlariga ta’siri qanday? Xitoylik olimlar yaxshi mavzuni ochishdi. «To‘xtab qolgan yoki teskari aylanayotgan yadro» atrofidagi ilmiy mubohasalar davom etadi.
Интересно…
Salom alaykum, bizga xavf bormi?
Yuq, oldinam bunaqa bugan, qurqmen
Shu dib sovula buldimi?
Возможно
Blin
Nauka juda qizu narsa
Shungayam havo uzgarvotti
twunmadim
yaxwilab uqin, twunasz
He4 qanaqa yomon tarafi yugakan u
har 35 yil almawtirarkan, yaxwi
Yer yadrosi juda muhim narsa