Yozda bolani mashinada qoldirish nima uchun xavfli?

Yozda bolani mashinada qoldirish nima uchun xavfli?

Ko‘plab ogohlantirishlarga qaramay, bu kabi holatlar har yozda takrorlanadi: ota-onalar farzandini avtoulov o‘rindig‘ida unutadi yoki atayin o‘sha yerda qoldiradi va ularning so‘zlariga ko‘ra atigi “bir daqiqaga” ketgan bo‘ladi. “Noviy ochag” nashri yozgi jazirama boshlanishidan oldin, yana bir bor avtoturargohda, qulflangan mashina ichidagi bolaga tahdid soladigan xavfni eslatib, ota-onalarni yuz berishi mumkin bo‘lgan fojiadan ogohlantirishga qaror qildi.

Amerikalik Maylz Xarrison har kuni shunday qiladi: ertalab soat 5 da uyg‘onib, stoldagi o‘g‘li Charlzning qabri ustidan yig‘ilgan tuproqli idishga qo‘lini botiradi.

Maylzning o‘g‘liga nima bo‘lgan?

Endigina bir yarim yoshga to‘lgan Charlz 2008-yil 8-iyulda butun kun davomida uni asrab olgan otasining mashinasida qolib ketgandan so‘ng vafot etdi. Uning bolalar bog‘chasiga borayotganiga atigi uch kun bo‘lgandi. O‘sha mudhish kunda Maylz o‘g‘lini bog‘chaga birinchi marta olib borishi edi. Tongda ota o‘g‘lini mashinaga o‘tqazdi, keyin odatiga ko‘ra ofisga yo‘l oldi, doimgidek mashinadan tushdi va uni qulfladi, mashina ichidagi bolasini butunlay unutdi. Kechqurun soat beshlar atrofida bir hamkasbi uning mashinasiga qarab, orqa o‘rindiqda qanday qo‘g‘irchoq borligini so‘radi. Maylz buni eshitiboq, mashinalar to‘xtash joyiga o‘qdek uchib bordi… Afsuski, o‘g‘lining jonsiz jasadini ko‘tarib, uzoq vaqt yig‘ladi: “Xudoyim, Xudoyim, mening jonimni ol, lekin unikini emas!”

O‘sha kuni vafot etgan bolaga Rossiyada Dima Yakovlev deb ism qo‘yildi.

Xarrisonlar uni 2008-yil boshida Pskov viloyatidagi maktab-internatdan asrab olgan. Uning nomi tarixga 2013-yilda — AQSH fuqarolariga rus bolalarini asrab olishni taqiqlovchi qonun chiqqanidan so‘ng abadiy kirdi. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi buni noqonuniy deb topdi. O‘shandan beri “Dima Yakovlev qonuni” tufayli farzand asrab olish jarayonini yakunlay olmagan kamida 45 amerikalik fuqaro murojaat qilgan. Aytgancha, Amerika sudi farzandlari quyoshda issiq mashinada qamalib halok bo‘lgan boshqa ota-onalar kabi Maylz Xarrisonni oqladi. Ammo so‘nggi o‘n yil ichida AQSHda deyarli 750 ta shunday holat qayd etilgan.

Quyoshda qolgan mashina qanchalik xavfli?

Qulflangan holatda quyoshda qoldirilgan mashinada 10-15 daqiqadan so‘ng nafas olish qiyinlashadi. Bir soat o‘tgach, avtomobil ichida harorat hayot uchun xavfli darajaga yetadi. Soyalar ham qayg‘uli oqibatlardan qutqara olmaydi, umumiy havo harorati hisobga olinsa, daraxt tagida to‘xtagan mashina taxminan ikki soat ichida “g‘ildiraklardagi tobut”ga aylanadi.

Avtomobil ichidagi haroratning ko‘tarilishi bo‘yicha vaqtni aniqlash uchun amerikalik tadqiqotchilar tajriba o‘tkazdi. Arizona shtatining Tempe shahridagi avtoturargohda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostiga kumush rangli sedan, ekonom-klass va oq miniven joylashtirildi va yana shunday mashinalar soyaga ham qo‘yildi. Iyun va iyul oylarida bir necha kun davomida tadqiqotchilar haroratni o‘lchadi va keyinchalik bunday sharoitda 2 yoshli bola bilan vaziyat o‘rganildi.

Tajriba shuni ko‘rsatdiki, harorat eng uzoq vaqt miniven salonida, eng qisqa vaqt ichida ekonom-klass avtomobilida ko‘tarilgan.

O‘rtacha, quyosh bir soat ta’sir qilgandan so‘ng mashina taxminan 45-47 daraja Selsiy haroratli saunaga aylanadi. O‘rindiqlar, rul va asboblar paneli yanada qiziydi. Soya ham hech qanday yordam bera olmaydi — bir soatdan keyin kabina ichidagi harorat 38 darajani tashkil etadi.

Qulflangan mashina ichidagi bola bilan nima sodir bo‘ladi?

Havo kirmaydigan va harorat ko‘tariladigan qulflangan mashinada uzoq vaqt qolish bolaning salomatligi va hayoti uchun katta xavf tug‘diradi. Chunki bolaning organizmi kattalardan farqli o‘laroq, 5 baravar tezroq qiziydi. Tana haroratini tartibga solishga harakat qilib, u ko‘proq namlikni chiqaradi. Bola qattiq terlaydi, lekin uni sovutib bo‘lmaydi, natijada suvsizlanish boshlanadi, bu esa ko‘pincha ichki organlarning to‘liq ishlamay qolishiga va miya shikastlanishiga olib keladi. Oxir-oqibat, bola hushini yo‘qotadi va komaga tushadi.

“Atigi 10 daqiqada kelaman”

Juda keng tarqalgan va tez-tez takrorlanadigan xato. Aslida o‘n daqiqa ham xavfli. Bordi-yu, bu vaqt ichida kattalar bilan noxush voqea yuz bersa-chi, agar ular yurak xuruji yoki insultga uchrasa, tasodifan vafot etsa uning mashinasida bola borligini kim biladi? Hech kim, afsuski. Avtomobilning ichki qismidagi harorat asta-sekin ko‘tariladi, lekin bolalarda organizmning xususiyatlari tufayli suvsizlanish juda tez sodir bo‘ladi. Issiq mashinada yarim soat o‘tirib, bola o‘lmasligi mumkin, ammo psixologik tomondan jiddiy zarba oladi. O‘tkir stress, chorasizlik, qo‘rquv holatini tasavvur qiling — atrofda birorta inson yo‘q. Uzoq vaqt davomida shunday vaziyatga tushgan bolalarda duduqlanish, enurez, mashinadan qo‘rqish va unga chiqishdan butunlay voz kechish holatlari ham kuzatiladi.

Albatta, yilning istalgan vaqtida qo‘llaniladigan boshqa tahdidlar ham mavjud. Noto‘g‘ri qo‘yilgan mashina evakuatsiya qilinishi mumkin. Yoki avtomobil o‘g‘irlanadi. Kattaroq bolalar tasodifan mashinani ishga tushirishi va baxtsiz hodisaga duch kelishi mumkin. Ota-onasi yonida bo‘lmagan bolalar bor mashinaga o‘t ketishi va suvda cho‘kishi holatlari ham bor. Aziz ota-onalar, bu borada necha bir necha daqiqani tejayman deb, farzandlarining umriga zomin bo‘lib qolishi hech gap emas.

 

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Odilbek

    juda muhim narsa narsa, raxmat

  2. har doim qurqib turaman wunaqa narsaladan

  3. ota-onalar uqisin, juda muhim

  4. Умида

    рахмат

  5. Эзоза

    бунака иссуда, ким боласини ташаб кетаркан

  6. Javohir

    bunaqa issuda, bolani qoldirib buladimi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social