Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi

Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi

Nyu-York, xuddi bir yil avvalgidek, eng ko‘p millionerlar yashaydigan dunyo shaharlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda  Henley & Partners va New World Wealth tomonidan e’lon qilingan hisobotdan ma’lum bo‘ldi.

Hisobotga ko‘ra, Xitoy va Amerika shaharlari reytingning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan, birinchi o‘ntalikka kiruvchi yagona Yevropa shahri — London.

Xususan, ayni paytda yetakchi Nyu-York shahrida (AQSH) 340 ming millioner istiqomat qiladi.

10 yil avval ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan Tokio (Yaponiya) 290,3 ming millioner bilan ikkinchi, 285 ming millioner bilan San-Fransisko (AQSH) uchinchi o‘rinda.

To‘rtinchi o‘rinni 258 ming badavlat aholisi bilan London (Buyuk Britaniya), beshinchi o‘rinni esa 240,1 ming millioner bilan Singapur egalladi.

O‘tgan yilga nisbatan kuchli beshlik yetakchilari o‘zgarmagan bo‘lsa-da, ikkinchi beshlikda ma’lum rotatsiyalar sodir bo‘ldi.

Shunday qilib, Los-Anjeles (AQSH) oltinchi o‘rinni saqlab qoldi (205,4 ming millioner), lekin Chikago va Xyuston (ikkalasi ham AQSHda) kuchli o‘nlikdan tushib ketdi.

Ammo Gonkong yettinchi o‘rinni egallab, kuchli o‘nlikka qaytdi (129,5 ming millioner). Sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarda o‘tgan yilgidek Xitoyning Pekin (128,2 ming boy) va Shanxay (127,2 ming millioner) shaharlari joylashgan.

Kuchli o‘nlikni Sidney (Avstraliya) yakunlab turibdi, u kuchli o‘nlikka yangi kirgan (126,9 ming millioner).

Sidney 2040-yilga borib dunyoning eng boy besh shaharlaridan biri bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Узбекистонда хамма миллионерку. Битта ойли олишса булди laugh

  2. Otabek

    rofl rofl rofl rofl rofl rofl rofl

  3. Bilol

    Ushadeeee rofl

  4. Server

    Xitoyda millionerlar qattan paydo bugan?

  5. Otabek

    Alibaba, aliexpress va wunga uxwidigan kuplab firmlarni bowliqlari

  6. Nozima

    unknw unknw

  7. Izzat

    Qiziq emas!

  8. Saidumar

    gamer4

  9. Yefim

    Hammayo puuuuul

  10. Farruh

    Ushade

  11. Qurbonov

    Haqiqiy boy insonlani he4 kim bilmidi qattaligini

  12. O'lmas

    good

  13. Davr

    ZUR

  14. Shokir

    search menga ham pul berishsin

  15. Shoxrux

    good

  16. Gulli

    Eng boy inson oilasi ota onasi bagʻrida baxtli yashaydigan inson bu haqiqiy boylik oila sogʻlik bu eng katta boylik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social