Maykl Jekson haqidagi biografik filmda bosh rolni uning jiyani ijro etadi

Maykl Jekson haqidagi biografik filmda bosh rolni uning jiyani ijro etadi

Pop qiroli Maykl Jekson haqidagi biografik filmda bosh rolni uning 26 yoshli jiyani, xonanda Jafar Jekson gavdalantiradi.

Jafar Mayklning akasi Jermeyn Jeksonning o‘g‘li hisoblanadi. Maykl Jekson rolining bo‘lajak ijrochisi 12 yoshidan boshlab qo‘shiq kuylaydi va raqsga tushadi. Jafar allaqachon ijtimoiy tarmoqlarga marhum amakisining mashhur pozasi tushirilgan suratini joylashtirgan.

“Maykl amakimning hikoyasini hayotga tatbiq etish men uchun sharaf. Butun dunyodagi barcha muxlislarga: tez orada ko‘rishguncha”, — deb yozadi xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Biografik filmni “Mashg‘ulot kuni” va “Adolat himoyachisi” filmlarini suratga olgan rejissor bilan Antuan Fuku boshqaradi. Loyihaning ssenariy muallifi Jon Logan (“Aviator”, “Gladiator” filmlari ssenariy muallifi). Premyera sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    А он также хорошо танцует?

  2. Saodat

    good good

  3. Avaz

    Qa4on 4iqarkan?

  4. Тимур

    Пока информация йу

  5. Avaz

    Rahmat

  6. Umid

    Vawe uxwamidi

  7. SSSR

    Nima qiliwadi bunaqa bemani odam haqida kino olib

  8. Тимур

    Нимага унака дивос? Яхши одам буган, коганлари миш миш

  9. Voxid

    MJ qirol music

  10. Javlon

    Zur good

  11. Vohid

    Maykl jekson iwtotini ye4sin rofl

  12. Iroda

    rofl rofl

  13. Nozim

    Kuramiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social