Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi

Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi

2023 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 23 mart, payshanba kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari kengashi Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda shunday xulosaga keldi.

Bu haqda Toshkent viloyati hududida Ramazon hilolini kuzatish jarayonida ishtirok etgan idora raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov e’lon qildi.

21 mart kuni imzolangan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan, 2023 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zMIning axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana hamda qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хамма ушидганлага куч тилиман

  2. Otabek

    Alhamdulillah!

  3. Qodir

    Birga busin

  4. Firdavs

    Olloh barchamizga kuch bersin

  5. Shodiya

    heart

  6. Lola

    Birga bosin smile

  7. Elbek

    Omin

  8. Sevgi

    Hammani Ramazon oyi bilan tabriklayman

  9. U

    Alloh barchamizga kuch bersin. Omin.

  10. Marjon

    Rahmat smile

  11. Izzat

    heart

  12. Mohira

    good

  13. Ezoza

    Allohim Uzing asra barchamizni

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social