2017-yilda nafaqat ichki musobaqalarda, balki xalqaro maydonda ham muvaffaqiyat qozonishga bel bog’lagan “Lokomotiv” jamoasi yangi yilda o’z muxlis-u muxlisalariga ham bir qator qulaylik va imkoniyatlar yaratishni ko’zda tutmoqda.
Jumladan, “Lokomotiv” ishqibozlari uchun mavsumiy uchrashuvlarning yillik abonementi yaqin oradan boshlab sotuvga chiqadi. Qolaversa, jamoa ishtirokidagi o’yinlarni bevosita stadiondan ko’rishni istagan 55 yoshdan katta muxlis-u muxlisalarga “Lokomotiv” stadioniga kirish bepul bo’lishi ma’lum qilindi. Buning uchun 55 yosh yoki undan katta bo’lgan ishqibozlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olib kelish va stadion kassasida ko’rsatish talab etiladi. Shunda sizga o’yinga kirish uchun bepul chipta taqdim etiladi.
“Lokomotiv” jamoasidan mavsumoldi yangiliklari hali davom etadi va jamoaga omad tilab qolamiz!
Manba: lokomotiv.uz