Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi uchrashuvlari uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. 16 ta klub ikkita savatchalarga ajratilgan edi, ya`ni guruh bosqichi natijalariga ko`ra guruhda birinchi va ikkinchi o`rinni egallagan klublar.
Birinchi savatda: “Real” Madrid, “Vol`fsburg”, “Atletiko”, “Manchester Siti”, “Barselona”, “Bavariya”, “Chelsi”, “Zenit”.
Ikkinchi savatda: “PSJ”, “PSV”, “Benfika”, “Yuventus”, “Roma”, “Arsenal”, “Dinamo” Kiev, “Gent”.
Qur`a natijasiga ko`ra klublar quyidagi tartibda 1/8 final bosqichi o`yinlarini boshlaydigan bo`lishdi:
“Gent” – “Vol`fsburg”
“Roma” – “Real” Madrid
“PSJ” – “Chelsi”
“Arsenal” – “Barselona”
“Yuventus” – “Bavariya”
“PSV” – “Atletiko”
“Benfika” – “Zenit”
“Dinamo” Kiev – “Manchester Siti”
Eslatib o`tamiz, 1/8 final bosqichi uchrashuvlari 2016 yil 16 fevral kuni boshlanadi.

Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi uchun qur`a tashlash marosimidan keyin Evropa Ligasi 1/16 final bosqichi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Evropa Ligasi 1/16 final bosqichida 32 ta klub ishtirok etishadi. Bu klublar 1/16 final bosqichini 2016 yil 18 – fevral kuni quyidagi tartibda boshlaydigan bo`lishdi:
“Valensiya” – “Rapid” Vena
“Fiorentina” – “Tottenxem”
“Borussiya” Dortmund – “Portu”
“Fenerbaxche” – “Lokomotiv” Moskva
“Anderlext” – “Olimpiakos”
“Midt`yulland” – “Manchester Yunayted”
“Augsburg” – “Liverpul`”
“Sparta” Praga – “Krasnodar”
“Galatasaroy” – “Latsio”
“S`on” – “Braga”
“Shaxtyor” – “Shal`ke-04”
“Marsel`” – “Atletik” Bil`bao
“Sevil`ya” – “Mol`de”
“Sporting” – “Bayer”
“Vil`yarreal” – “Napoli”
“Sent-Et`en” – “Bazel`”



