EChL. Chorak final: “Manchester Yunayted” – “Bavariya” 1-1

EChL. Chorak final: “Manchester Yunayted” – “Bavariya” 1-1

Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvida “Manchester Yunayted” va “Bavariya” jamoasini o`rtasidagi o`yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Birinchi bo`limda “Bavariya” futbulchilari to`pni nazorat qilish bo`yicha ustinlik qildilar. “Manchester Yunayted” esa faqat qarshi hujumlarga tayanib o`yinni olib bordi. O`yining 39 daqiqasida xujumchi Uelbek, Manuel` Noyer bilan yakkama-yakka chiqdi. Futbolchi to`pni darvozabon ustidan uloqtirmoqchi bo`ldi. Ammo Uelbekga biroz tajriba etishmadi. Darvozabon esa o`z mahoratini namoyish etib, to`pni egallab oldi.

Ikkinchi bo`limning 58 daqiqasida burchakdan oshirib berilgan to`pini Vidich boshi bilan to`pni darvozaga to`g`rilab qo`ydi va “Manchester Yunayted” ni oldinga olib chiqdi. Oradan ko`p o`tmay o`yning 66 daqiqasida esa Shvaynshtayger hisobni tenglashtirdi. O`yin so`ngigacha hisob o`zgarmadi.

214769a3a42fdc9cbe1606451cee313de0ff02f2183f85c75e5e71debd680b74

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social