FIFA Oltin To`p va yilning eng yaxshi murabbiylar nomzodlari ro`yhati e`lon qildi

FIFA Oltin To`p va yilning eng yaxshi murabbiylar nomzodlari ro`yhati e`lon qildi

FIFA yilning eng yaxshi o`yinchisi unvoni uchun 23 nomzodni va yilning eng yaxshi murabbiyi uchun 10 nomzodning ro`yhatini e`lon qildi.

Ushbu ro`yhatga eng ko`p nomzodlar «Bavariya» va «Real» futbolchilari kirishdi. Myunxen klubi tarkibidan, Mario Gyottse, Filipp Lam, Tomas Myuller, Manuel` Noyer, Ar`en Robben va Bastian Shvaynshtayger ro`yhatdan joy oldilar.

«Real» o`yinchilari orasidan esa «Oltin To`p»ga Garet Beyl, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos, Serxio Ramos va Xames Rodriges lar da`vogar bo`lishdi.

Shuningdek, ushbu ro`yhatdan Diego Kosta («Chelsi»), Tibo Kurtua («Chelsi»), Eden Azar («Chelsi»), Anxel` di Mariya («MYu»), Zlatan Ibragimovich («PSJ»), Yaya Ture(«Manchester Siti»), Pol` Pogba («Yuventus»), Andreas In`esta («Barselona»), Xav`er Maskerano («Barselona»), Lionel` Messi («Barselona»), Neymar («Barselona») ham joy olganlar.

Uch asosiy nomzodlarning ismlari 1-dekabr` kuni aniq bo`ladi, g`olib esa 2015-yilning 12-yanvar`da e`lon qilinadi. O`tgan yilgi «Oltin To`p» Krishtianu Ronalduga topshirilgan edi.

Hamda FIFA yilning eng yaxshi murabbiy sovrini uchun 10 murabbiyning ro`yhatini taqdim etdi. Bular: Karlo Anchelotti («Real»), Xosep Gvardiola («Bavariya»), Yurgen Klinsmann (AQSh terma jamoa), yoaxim Lyov (Germaniya terma jamoa), Joze Mourin`yu («Chelsi»), Manuel` Pellegrini («Manchester Siti»), Diego Simeone («Atletiko»), Alexandro Sabella (Argentina terma jamoa), Antonio Konte («Yuventus»/Italiya terma jamoa) va Lui van Gal («Manchester Yunayted»).

2013-yil natijasiga ko`ra eng yaxshi murabbiy sovrini bilan «Bavariya» jamoasini boshqargan Yupp Xaynkes taqdirlangan edi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Christiano Ronaldu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social