FIFA prezidenti JCh-2018 da takroriy videodan foydalanishni e’lon qildi

FIFA prezidenti JCh-2018 da takroriy videodan foydalanishni e’lon qildi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Gianni Infantino 2018 yilgi Rossiya maydonlarida bo’lib o’tadigan jahon chempionatida takroriy videodan foydalaniladi, deb e’lon qildi.

“Biz 2018 yilda jahon chempionatida hakamning videoassistent tizimini qo’llaymiz, chunki hozircha biz bu haqda faqat ijobiy hisobot oldik”, – deb Infantino.

2016-yil noyabrda Rossiya premer ligasi prezidenti Sergey Pryadkin milliy chempionati o’yinida takroriy video tizimini kiritish haqida gapirdi. Hakamlar 2017/2018 mavsumida undan foydalana boshlashlari mumkin.

AQSh da 2016 yili avgust oyida birinchi marta rasmiy futbol uchrashuvida hakam munozarali vaziyatni takroriy videoni ko’rgan. Bu “Nyu-York Red Bullz II” va “Orlando Siti” uchinchi Amerika divisioni klublari o’rtasida uchrashuvda sodir bo’lgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social