FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi

O‘zbekiston prezidenti mamlakatda FIFAning yirik tadbirlarini o‘tkazishni taklif etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan 5 may kuni o‘tkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

«Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, iste’dodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Janni Infantino O‘zbekiston yetakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdig‘i ekanini ta’kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuvda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va FIFA o‘rtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy futbod klasterini tashkil etish choralari ko‘rilayotgani  alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

O‘zbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Assotsiatsiyamiz salohiyatini oshirishga texnik ko‘makni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

FIFA rahbari O‘zbekiston prezidentiga Mirziyoyev familiyasi va 24 raqami aks etgan futbolka sovg‘a qilgan.

Kommentlar: 30 komment. 30 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Нимага айнан 24?

  2. Men ham shu narsani o’yladim, nega 24…

  3. Barakalla!

  4. Zor!

  5. Uje kebketibtilami?

  6. Assalom alaykum nega aynan 24 raqami berilgan qiziq

  7. Hech kim bilmidi unknw

  8. Assalom y yaxshi rahmat

  9. good Milliygayam borishibti

  10. Одил

    Нимага кепти узи?

  11. Assalomu alaykum yaxshilab oʻqib chiqing bilasiz

  12. Birinchi oqish kerak, keyin yozish

  13. Ha toʻgʻri aytasiz

  14. Одил

    Пишт ээээ

  15. Nega pisht javob yoqmagani uchunmi uzri biz javob berdik xolos aynan pisht ey deyishga arziydigan darajada boʻlmasa kerak

  16. 5 may deb chizilgan yozuvni bosib koring chiqadi bilasiz oshanda pisht eee deguncha

  17. Assalom alaykum qadrli sevimli doʻstlar sizni 9 may xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman ❤️❤️❤️

  18. Barchani bayram bilan!

  19. Rahmat sizga ham Aziza

  20. Bayram muborak!

  21. Assalom alaykum rahmat sizni. Ham bayram bilan tabriklayman ❤️❤️

  22. Rahmat smile

  23. ❤️❤️❤️

  24. Bayram muborak

  25. Rahmat sizga ham

  26. Тимур

    24 нимагалигини кимдур билдими?

  27. Assalom alaykum yoʻq bilmadim shunisi qorongʻu necha ekanligi

  28. Olmaliq

    Zor zor!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social