FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi

O‘zbekiston prezidenti mamlakatda FIFAning yirik tadbirlarini o‘tkazishni taklif etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan 5 may kuni o‘tkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

«Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, iste’dodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Janni Infantino O‘zbekiston yetakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdig‘i ekanini ta’kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuvda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va FIFA o‘rtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy futbod klasterini tashkil etish choralari ko‘rilayotgani  alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

O‘zbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Assotsiatsiyamiz salohiyatini oshirishga texnik ko‘makni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

FIFA rahbari O‘zbekiston prezidentiga Mirziyoyev familiyasi va 24 raqami aks etgan futbolka sovg‘a qilgan.

Kommentlar: 30 komment. 30 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Нимага айнан 24?

  2. Otabek

    Men ham shu narsani o’yladim, nega 24…

  3. Aziza

    Barakalla!

  4. Komil

    Zor!

  5. Karim

    Uje kebketibtilami?

  6. A

    good good

  7. Gulli

    Assalom alaykum nega aynan 24 raqami berilgan qiziq

  8. Sardor

    Hech kim bilmidi unknw

  9. Gulli

    Assalom y yaxshi rahmat

  10. Bola

    good Milliygayam borishibti

  11. Одил

    Нимага кепти узи?

  12. Gulli

    Assalomu alaykum yaxshilab oʻqib chiqing bilasiz

  13. Qodir

    Birinchi oqish kerak, keyin yozish

  14. Gulli

    Ha toʻgʻri aytasiz

  15. Одил

    Пишт ээээ

  16. Gulli

    Nega pisht javob yoqmagani uchunmi uzri biz javob berdik xolos aynan pisht ey deyishga arziydigan darajada boʻlmasa kerak

  17. Gulli

    5 may deb chizilgan yozuvni bosib koring chiqadi bilasiz oshanda pisht eee deguncha

  18. Gulli

    Assalom alaykum qadrli sevimli doʻstlar sizni 9 may xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman ❤️❤️❤️

  19. Aziza

    Barchani bayram bilan!

  20. Gulli

    Rahmat sizga ham Aziza

  21. Omina

    Bayram muborak!

  22. Gulli

    Assalom alaykum rahmat sizni. Ham bayram bilan tabriklayman ❤️❤️

  23. Aziza

    Rahmat smile

  24. Gulli

    ❤️❤️❤️

  25. Saida

    Bayram muborak

  26. Gulli

    Rahmat sizga ham

  27. Тимур

    24 нимагалигини кимдур билдими?

  28. Gulli

    Assalom alaykum yoʻq bilmadim shunisi qorongʻu necha ekanligi

  29. Elbek

    good

  30. Olmaliq

    Zor zor!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social