Pekinda bo`lib o`tgan olimpiyada kumush medali sovrindori Abdulla Tangriev, T`yumenda bo`lib o`tgan dzyudo bo`ycha mutloq jahon chempionatida g`alaba qozondi. Musobaqa 30 oktyabrda o`z yakuniga etgan.
Tangriev musobaqadagi birinchi uchrashuvini Ukrainalik Kirill Beletski bilan o`tkazdi. U Beletskiyni “ippon” usuli oraqali yiqitib, g`alaba qozondi. Ikkinchi uchrashuvida Tangriev Frantsiyalik Mat`e Torelya bilan kuch sinashdi. Tangriev Mat`eni ushlab turish usuli bilan mag`lub etdi. Chorak finalda esa bizning hamyurtimiz Yaponiyalik Xiroki Tachiyamadan ustun keldi. Xiroki Tachiyami ikki marotaba ogohlantirish “shido”oldi. Yarim finalda esa Tangriev Janubiy Koreyalik Kim Sung Mina ni yana “ippon” usuli bilan mag`lubiyatga uchratdi.
Final baxsida esa Tangrievning raqibi Vengriyalik Barno Bor bo`ldi. U Evropa chempionatining kumush medali sovrindori bo`lgan. Abdulla Tangriev Barnr Bor ni ham “ippon” usuli bilan yiqitishi orqali undan ustun keldi. Musobqaning bronza medallari sohiblari Rossiyalik Aleksandr Mixaylin va Yaponiyalik Keydji Suzukilar bo`lishdi.
Jahon chempioni Abdulla Tangriev musobaqa yakuni munosabati bo`yicha bo`lib o`tgan matbuot anjumanida musobaqa tashkilotchilariga o`z minnatdorchiligini izhor qildi. “T`yumen mening eng sevimli shaharlarimdan biri bo`lib qoladi, sababi aynan shu erda men shunday ajoyib natijaga erishdim” deb aytib o`tgan.
Musobaqada bor yo`g`i 21 mamlakatdan 27 nafar polvonlar ishtirok etgan. Ular Rossiya, Yaponiya, Kuba, Pol`sha, O`zbekiston, Ukraina, Frantsiya, Xorvatiya, Gretsiya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Vengriya, Tunis, Kazaxstan, Belorusiya, Latviya, Islandiya, Armeniya, Xitoy va Turkiya mamlakatlari nomidan musobaqada ishtirok etishdi.
Abdulla Tangrievning eng yaxshi yutuqlarini eslab o`tsak: 2008 yilda Pekinda bo`lib o`tgan yozgi olimpiyada o`yinlarida 2 o`rin, 2003 yil Osakada, 2077 yil Rio-de-Jeneyroda, 2009 yil Rotterdamda bo`lib o`tgan jaxon chempionatlarining 3-karra bronza medali sohibi, 2003 yil Chedju, 2005 yil Toshkentda, 2007 yil Quvaytda, 2008 yil yana Chedju, 2011 yili esa Abu-Dabida bo`lib o`tgan Osiyo birinchiligida 5-karra g`olib bo`lgan. Hamyurtimizning muvofaqiyatli odimlariga yanada zafarlar tilab qolamiz. Bu yutuq bilan barcha hamyurtlarimizni tabriklayman!
Спортчиларимизга рахмат! Олға спортчиларимиз! Байроғимизни баландроққа кўтаринг!
Мана хакикий узбек углони! Молодец!