O‘zbekiston yoshlar va milliy jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.
O‘FA va «Energetik-BGU» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi va Belarus klubi himoyachisining «Lans» klubi a’zosiga aylanganini tasdiqladi. Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, Abduqodir Husanov tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, «Lans» klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzgan. O‘zbekistonlik himoyachi fransuz klubida 25-raqam ostida o‘ynaydi.
Lansliklar yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida «PSJ»dan (85) bir ochko kam (84) jamg‘arib, 2-o‘rinni egallagan holda yangi mavsumdan Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Avvalroq, O‘zbekiston yoshlar jamoasi (U20) safida Osiyo chempioni bo‘lgan va Argentinadagi yoshlar o‘rtasidagi JCh-2023da ishtirok etgan Abduqodir Husanovning o‘yinlari yevropalik skautlar tomonidan kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum Minsk klubi safida 8 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, u O‘zbekiston milliy jamoasi safida CAFA Nations Cup-2023 bahslarida debyutini o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Yevropa kuchli beshlik chempionatlaridagi o‘zbekistonlik yagona futbolchi Eldor Shomurodov edi. Husanov bu borada ikkinchi o‘yinchiga aylandi.
Омадини берсин!
Barakalla!
Omad!
Kim bu ozi?
Хаммаси ёзилган, укиб курсез, билас
Mayli
Ularga omad tilayman
Rahmat
omad
ZOR!
Omad!
Barakalla! Omad!