Ispaniya milliy terma jamoasi JCH-2026 hal qiluvchi finalida Argentina ustidan g‘alaba qozonib (qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0), o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempioniga aylandi. AQSHning Ist-Raterford shahridagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu tarixiy uchrashuvdagi yagona gol Ferran Torres nomiga yozildi.

O‘yinning asosiy vaqti nursiz durang bilan yakunlangach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 106-daqiqada kiritilgan yagona gol Ispaniyaga oltin medallarni keltirdi. Qayd etish joizki, ikkinchi taymga qo‘shib berilgan vaqtda Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatilgan edi.

Shu tariqa, Argentina terma jamoasi amaldagi Jahon chempioni maqomini ispanlarga topshirib, musobaqaning kumush medallari bilan kifoyalandi.
Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta mundial finalida maydonga tushib, har ikkisida ham g‘alabani tantana qildi. “Qizil furiya” o‘zining ilk oltin medalini 2010-yili qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa, ispanlar chempionliklar soni bo‘yicha Fransiya va Urugvayga (2 tadan) yetib oldi. Bu borada mutlaq rekordchi hanuzgacha Braziliya (5 ta chempionlik) bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarda Italiya hamda Germaniya (4 tadan) va Argentina (3 ta) bormoqda. Angliya hisobida esa 1 ta chempionlik mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, JCH—2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulga qadar davom etdi. Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etgan ushbu mundial birdaniga uchta mamlakat — AQSH, Meksika va Kanada hududlarida bo‘lib o‘tdi.
Navbatdagi Jahon chempionati ilk mundialning 100 yillik yubileyi nishonlanadigan yilda o‘tkaziladi. 2030-yilgi turnirga Ispaniya, Marokash va Portugaliya birgalikda mezbonlik qiladi. Biroq musobaqaning dastlabki uchta o‘yini Argentina, Paragvay hamda 1930-yildagi debyut turnirini qabul qilgan Urugvayda bo‘lib o‘tadi.

Rodri — musobaqaning eng yaxshi futbolchisi va noyob rekord sohibi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri JCH-2026 ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. U turnir davomida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasining chempionligiga ulkan hissa qo‘shdi.
Shuningdek, ushbu g‘alaba orqali 30 yoshli futbolchi faoliyati davomida Jahon chempionati, Chempionlar Ligasi (2023-yil “Manchester Siti” bilan) va “Oltin to‘p” (2024-yil) sovrinlarini qo‘lga kiritgan tarixdagi 11-futbolchiga aylandi. Bunga qadar ushbu noyob natijani faqatgina braziliyaliklar Rivaldo, Ronaldinyo, Kaka, germaniyaliklar Frans Bekkenbauer, Gerd Myuller, fransiyaliklar Zinedin Zidan, Usmon Dembele, shuningdek, Bobbi Charlton (Angliya), Paolo Rossi (Italiya) va Lionel Messi (Argentina) qayd etgan edi.
Kubasi – Eng yaxshi yosh futbolchi

Unai Simon — mutlaq rekordchi darvozabon

Ispanlarning 29 yoshli posboni Unai Simon JCH-2026 ning eng yaxshi darvozaboni deb e’tirof etildi. U o‘tkazilgan 8 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yubordi (chorak finalda Belgiyaga qarshi, 2:1).
Simon musobaqa davomida bitta mundialda eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazish (7 ta) hamda darvozasi daxlsizligini saqlab qolish vaqti (649 daqiqa) bo‘yicha Jahon chempionatlari tarixida mutlaq rekord o‘rnatdi. Qayd etish joiz, u 2010-yili Iker Kasilyasdan keyin ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan ikkinchi ispaniyalik darvozabonga aylandi.




Ispaniya haqiqatan ham kuchli ekan
Finalni ko‘rib mazza qildim ochig‘i
To‘p nazorati juda yuqori darajada edi
Chempionlikka loyiq jamoa bo‘ldi
Yosh futbolchilar ham zo‘r o‘ynadi
Tabriklayman Ispaniya muxlislarini
Menimcha hakam biroz yordam berdi
Bazi vaziyatlar juda shubhali tuyuldi
Lekin yutgan jamoani ham tan olish kerak
Oson chempion bo‘lishmadi baribir
Final ancha qiziq o‘tdi. Keyingi safar boshqa jamoaga omad
Vaaay finaldagi atmosfera zo‘r edi O‘yin tugagach internet portlab ketdi
Ispaniya juda chiroyli futbol ko‘rsatdi
Ayniqsa yoshlaridan hayron qoldim
Futbolni shunaqa bo‘lishi kerak ❤️
Chempionlar munosib bo‘lishdi
Men Fransiya yoki Angliyani kutgandim
Lekin Ispaniya hammasidan kuchli chiqdi
Turnir davomida eng stabil jamoa shu bo‘ldi.Statistikaga qarasa ham bilinadi.Gap yo‘q respect
Futbol muxlislari uchun zo‘r turnir bo‘ldi
Yana o‘sha Ispaniya
Futbol maktabi ularda boshqacha darajada. Har safar yangi avlod chiqib kelaveradi
Bizda ham shunaqa tizim bo‘lsa edi. O‘yinlardan ko‘p narsa o‘rganish mumkin
Tabriklayman chempionlarni
Men futbolni uncha tushunmayman, lekin finalni oilam bilan ko‘rdik
Juda hayajonli bo‘ldi. Gol ham chiroyli boldi
Shu sabab futbolni hamma yaxshi ko‘rsa kerak. Ispaniyaga omad ❤️
To‘g‘risi zerikarli final bo‘ldi men uchun
Hamma Ispaniyani maqtayapti lekin raqib ham yomon emasdi
Ba’zi joylari umuman yoqmadi lekin natija adolatli bo‘ldi kuchli jamoa yutdi
Endi klub mavsumini kutamiz
Ispaniya maktabi yana ishlaganini ko‘rsatdi Yoshlar bilan chempion bo‘lish oson emas
Murabbiy ham katta ish qildi Turnirdagi eng chiroyli futbol shu jamoaniki edi
Haterlar qancha gapirmasin natija bitta
Jahon chempioni degan nomga loyiq bo‘lishdi
Messi yigladi yaxshigina