Parijda 2022 yil uchun «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kutilganidek «Real» hujumchisi Karim Benzema mukofotni qo‘lga kiritdi.
34 yoshli fransuz o‘tgan mavsumda Madrid klubi bilan Chempionlar Ligasi, La Liga, UYeFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Hujumchi YeChLda 15ta, Ispaniya chempionatida 27ta gol bilan to‘purarga aylandi.
Top-5dan «Bavariya»ning senegallik vingeri Sadio Mane (2), «Manchester Siti»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne (3), «Barselona»ning polshalik forvardi Robert Levandovski (4), «Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh (5) ham o‘rin oldi.
Marosimda quyidagi nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi:
Eng yaxshi ayol futbolchi — Aleksiya Putellyas («Barselona» / Ispaniya)
Lev Yashin mukofoti — Tibo Kurtua («Real» / Belgiya)
Gerd Myuller sovrini — Robert Levandovski («Barselona» / Polsha)
Eng yaxshi yosh futbolchi — Gavi («Barselona» / Ispaniya)
Yilning eng yaxshi klubi — «Manchester Siti» (Angliya)
Futboldan tashqaridagi xayriya ishlari uchun — Sadio Mane («Bavariya» / Germaniya)
Заслужил!
Karimga qoyil qoliw kere!
assalomu aliykum hammaga bunaqa mufaqqiyatla hammaga nasib etavermiydi afsus
Мессига 7 марта насиб киган
zurku
Karim 4iroyli kishi
Hozirda eng ku4li hujum4i!
Xoland4i?
Xoland odammas
Molodes
Birinchi oltin topli Karim
Hala Madrid