Messi, Aguero, Xavi, Kasilyas, Ibragimovich, Ronaldu kabi futbol yulduzlari yillar davomida futboldagi haqiqiy do’stlikni saqlab qolishgan.
Haqiqiy erkakcha do’stlik juda mustahkamdir. G’alabaga bo’lgan intilish ko’pincha sportchilarni natijaga mo’ljallangan jangchi deb ko’rsatadi, ammo futbolda ko’pgina samimiy va haqiqiy o’yinchilarning munosabatlarini topish mumkin.
Messi – cho’qintirgan ota. Argentina terma jamoasining yetakchilari Lionel Messi va Serxio Aguero 16 yoshda yoshlar termasida do’stlashganlar. Ungacha Aguero hatto Messi haqida bilmagan. Shu bilan bolalar tezda do’stlashib ketishdi.
Argentina terma jamoa safida do’stlar yorqin g’alabalar va achchiq mag’lubiyatlardan birga o’tishdi. Ularning do’stligi shunchalik mustahkam-ki, Messi Agueroning o’gli Benjaminning cho’qintirgan otasi bo’ldi. Shuningdek, Leo Serxioning avtobiografiyaga kirish qismini yozgan.
Do’stligi uchun unvon. “Barselona”ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi va “Real”ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas do’stligi haqiqatdan ham katta sinovdan o’tgan, chunki ular doimiy raqiblar jamoalarda o’ynashgan. Xavi va Kasilyas 1997-yilda yoshlar jahon chempionatida Ispaniya termasida tanishganlar. Ikki yildan keyin ular yoshlar bilan dunyo chempionatida g’alaba qozonganlar. Oldida esa – Yevro-2008, JCh-2010 va Yevro-2012 chempionatlarda birga g’olib bo’lganlar.
Printsipial raqib o’yinchilari mustahkam do’stlikga ega bo’lishdi. Ularga birga vaqt o’tkazganlar, Xavi Ikerga qaraganda baland va baquvvat bo’lgan va Xavi uning ustida ko’p xazil qilar edi. Ammo Kasilyas hech qachon xafa bo’lmagan. Bir necha yil oldin yarimhimoyachi va golkiper mashxur shaxzoda Asturiy mukofotiga sazovor bo’lishdi. Bu mukofot nafaqat futboldagi hissa uchun, balki yana yillik do’stligi uchun berilgan.
Ibra uchun ayiqcha. Zlatan Ibragimovich va Maksvel “Ayaks” vaqtlaridan beri do’st bo’lib qolishgan. Shved hujumchisi va Braziliyalik himoyachi 2001-yilda jamoaga qo’shilishgan edi. Maksvel va Ibragimovich muz va alangadek, ular bir-birini to’ldirib turishadi. Maksvel va Ibragimovichni ko’p narsa birlashtiradi. Masalan, Zlatan, tashqi ko’rinishiga qaramasdan, Maksvelga o’xshab juda sodda va oilaviy inson, va ular birga yolg’onchi insonlarni yomon ko’rishadi.
Yana aytib o’tish joizki, Ibragimovich va Maksvel butun karera davomida birgalikda to’rtda klublarda o’ynashgan. Birinchi “Ayaks”, keyin do’stlar “Inter” va “Barselona”da birlashganlar, keyin esa Fransiyada “PSJ” da to’p surishdi. “Zlatan men uchun aka” – deb aytib o’tdi Maksvel. Hatto, kimdir Yevropada qolsa ham, boshqasi Braziliyaga qaytsa ham ularning do’stligi uzilmaydi.
Muhim pas. Butun futbol dunyosi Krishtianu Ronaldu do’sti haqida bilsa kerak, u hatto ertakga o’xshab ketadi. 12 yoshli Ronaldu “Nasional”da shug’ullanganda, uning jamoasi o’yinini kuzatish uchun “Sporting” o’yinchilari kelishadi, ular mamlakat bo’ylab qobiliyatlarni qidirib yurishgan edi. Lissabon murabbiysi kim ushbu uchrashuvda ko’p topni kiritsa, shu o’yinchini akademiyasiga olishga va’da beradi. O’yin ohirida Krishtianu va uning do’sti Albertu Fantrau xisoblarida bittadan golga ega edilar. “Nasional” ning oxirgi hujumlaridan birida Fantrau bir necha himoyachilarni va darvozabonni aldashga muvaffaq bo’ldi, ammo zarba o’rniga to’pni ochiq darvoza tomon Ronalduga uzatdi. Krishtianu gol kiritdi va keyin “Sporting”ga taklif qilindi. O’yin oxirida Ronaldu Fantraudan nima uchun shunday qilding, deb so’raganida – “Chunki sen mendan ko’ra yaxshiroqsan” – deb do’sti javob berib ketadi.
Shundan keyin, Krishtianu va Albertu eng yaqin do’st bo’lib qolishadi. Fantrau professional o’yinchi bo’lmagan, u hozir ham ishsiz hisoblanadi, ammo pulga muhtoj emas. Uning katta oilasi, hashamatli uyi va qimmatbaho mashinasi bor. Albertudan shuncha narsaga qayerdan erishding deb so’rasalar, doim – “Buning hammasi Krishtianu! Biz eski qadrdon do’stlarmiz” – deb javob beradi