Turin jamoasi sobiq rahbarlariga ham jazo tayinlandi.
Sobiq prezident Andrea Anyelli va bosh direktor Maurisio Arrivabene 2 yilga, sobiq vitse-prezident Pavel Nedved 8 oyga, hozirda “Tottenhem” sport direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan Fabio Paratichi esa 2,5 yilga futboldan chetlatildi.
Shuningdek, turinliklardan 15 ochko olib tashlandi. Hozirda jamoa 22 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” futbolchilarning transfer narxini oshirib ko‘rsatganlikda, shuningdek, xodimlarning xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni va futbolchilar maoshining haqiqiy hajmini yashirganlikda ayblangan edi.
Anyelli “Yuventus”ni 2010-yilning may oyidan beri boshqarib kelgan edi. Uning qo‘l ostida klub ketma-ket 9 marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi, ikki bor Chempionlar Ligasi finaliga yetib bordi, besh martadan Italiya Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi.
15 многовато
EPRST!
pzdc!
Chelsini urtogi
Twunmadim nimaga?
Pul utkazmalariga
Turi qiliwdi, CHL danam optawaw kere ulani
Napoli 4empion!