Yaponiya paytaxti Tokioda Klublar o`rtasidagi Jahon chempionatining final uchrashuvi nihoyasiga etdi.
Unda Braziliyaning “Korintians” jamoasi Londonning “Chelsi” klubiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o`yinda 1:0 hisobi qayd etilib, Lotin Amerika vakillarining g`alabasi bilan yakunlandi. O`yin taqdirini hal qilgan yagona golni 70-daqiqada “Korintians” hujumchisi Xose Paolo Gerrero Petr Chex darvozasiga urdi.
Umuman, o`yin teng kuchlar ostida o`tdi. So`nggi daqiqalarda “Chelsi” futbolchisi Keyxill maydondan chetlatildi. Fernando Torresda qo`shib berilgan daqiqalarda ajoyib imkoniyat sodir etildi va to`p darvozaga ham kirdi. Ammo, qanot hakami o`yindan tashqari holatni qayd etgandi. “Chelsi” boshqa gol ura olmadi.
Ushbu g`alaba bilan “Korintians” klubi “Barselona” klubi ko`rsatgan natijaga erishdi, ya`ni ikkinchi marta klublar o`rtasidagi Jahon chempioni nomiga sazovor bo`ldi.
Yangilik uchun katta raxmat!!! Men shu o’yinni ko’romagam edim.
яна Челси ютказди ( качонгача шунака ахвол булади???
ха Коринтианс Барслона билан уйнасин, кейин курамиз ким жахон чемпиони!
xa CHelseada di Mateo bulganda balki, Chelsea yutardimi???