Krishtianu Ronaldu dunyodagi eng yuqori maosh oladigan futbolchiga aylandi.

Krishtianu Ronaldu dunyodagi eng yuqori maosh oladigan futbolchiga aylandi.

“Real” klubi va Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ispanlar bilan shartnomani 2018 yilgacha uzaytirdi. Yangi shartnomaga ko`ra, portugaliyalik futbolchining maoshi yiliga 17 million evroni tashkil etishi ma`lum qilingan.

“Bugun ajoyib kun. Madridning xohishlari amalga oshdi. Endilikda Ranoldu biz bilan yana besh yil birga bo`ladi”,- dedi klub prezidenti Florentino Peres.

Eslatib o`tamiz, Krishtianu Ronaldu 2009 yil 94 mln evro transfer evaziga “Manchester Yunayted”dan “Real”ga o`tgan. Shundan buyon u qirolllik klubida 203 o`yinda o`tkazib, darvozaga 203 marotaba to`p kiritgan.  2011, 2012 yilda Ispaniya chempioni va 2010, 2011 yilgi kubok va 2012 yilda Superkubok sohibiga aylangan. Shuningdek 2008 yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinib, “Oltin to`p” mukofoti bilan taqdirlangan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social