Iyuldan Ispaniya xorijlik turistlar kirishi uchun ochiladi, deb ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches.
“Ma’lumki, Ispaniya yiliga 80 milliondan ortiq turistlarni qabul qiladi. Shu bois Ispaniya iyuldan xorij turizmi uchun yana ochiladi”, – dedi u.
Sanches yozda Ispaniyaga kelishni istagan turistlarga hozirdan tayyorgarlik ko‘rishni maslahat berdi.
“Turistlar hech qanday xatarga duch kelmasligiga kafolat beramiz. Iyulda Ispaniya sizlarni kutadi”, dedi Sanches.
U shuningdek, ispaniyaliklarni mamlakat ichida dam olishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Sanches La Liga o‘yinlari 8 iyundan davom etishini ma’lum qildi.
Ispaniyada 282 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 28,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Bu xolatda qanaqilb ispanya turestlani caqirvoti ozligini toliq sogaytr tiklami turb wunga xayronman qolaversa kim verusi yiqtrb omasligiga iwonadi bulada waxsa man bormagan bolardim bunaqa xovotrli voqtda!