Marg`ilonlik 65 yoshli otaxon JCh-2018 musobaqasining barcha shaharlarini velosipedda aylanib chiqadi.

Marg`ilonlik 65 yoshli otaxon JCh-2018 musobaqasining barcha shaharlarini velosipedda aylanib chiqadi.

O`zbekistonning Marg`ilon shahrida istiqomat qiluvchi 65 yoshlik Akrom Ma`rufjonov Rossiyada bo`lib o`tadigan JCh-2018 musobaqasi o`tkaziladigan shaharlarni velosipedda aylanib chiqishni rejalashtirmoqda.

Ma`lumotlarga qaraganda, sayohatchi yolg`iz borish niyatida emas va hozirda o`ziga sherik izlamoqda.

Qizig`i, bu sayohat Ma`rufjonov uchun birinchisi emas. U 1995-yilda velosipedda Makka shahriga haj safari qilgan. 2006-yilning yozida Germaniyaga sayohat qilgan va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Oliver Kan bilan uchrashib, unga suvenir sovg`a qilgan. O`shanda u Germaniyaa o`tgan jahon chempionatiga borish uchun 6800 km yo`lni bosib o`tgan. U 2010-yilda JAR mamlakatidagi va 2014-yilda Braziliyadagi jahon chempionatiga bora olmaganidan afsuslanadi.

JCh-2018 uchrashuvlari Rossiyaning 11 shaharlarida o`tkaziladi: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Ekaterinburg, Samara, Sochi va Rostov-Don.

Manba: Stadion.uz

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Qoil qolish kerak. Bizda ham shunday odamni qoil qoldiradigan otahonlar bor ekanku. Lekin negadir ilgari bu otahon haqida eshitmagan ekanman.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social