Mehnatimni qadrlashmadi

Mehnatimni qadrlashmadi

O`tgan hafta o`zbek futbolida shov-shuvli voqelik ro`y berdi. Farg`onaning «Neftchi» klubini 1987 yildan buyon boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis Yuriy Sarkis­yan iste`foga chiqarildi. Xo`sh, jamoaning 27 yillik boshqaruvchisi aynan qaysi sabablar bilan ishdan bo`shatildi? Umuman, uni bu haqda ogohlantirishganmidi?

15 may kuni ertalab «Neftchi» qarorgohiga ketayotsam, klub rahbariyatida ishlaydigan kishilardan biri yonimga kelib, borishim shart emasligi, meni iste`foga chiqarishganini aytdi. Hayron bo`lib ortga qaytdim. Bitta jamoa­ga ko`p yillar davomida mehnating singsa-yu, uni qadrlashmasa, alam qilarkan. Lekin kutilmaganda bunday qaror qabul qilinishi, oldinroq ogohlantirishmagani to`g`risi, hayron qoldirdi. Buni o`zimga nisbatan adolatsizlik, deb hisoblayman, deydi Yuriy Sarkisyan.

Yana so`zida davom etib, xo`p, men-ku ketyapman. Lekin ko`p yillar davomida «Neftchi»da turli lavozimlarda ishlagan 80 yoshli Lev Viktorovich Vaxtin, aka – uka Abdusamad va Rustam Do`rmonov, Sergey Lebedevni nega iste`foga chiqarishdi? Shunisini tushunmadim. Lebedev sobiq ittifoq parchalanganidan keyin jahon terma jamoasi tarkibida to`p surgan yagona futbolchi. Afsus, uning ham qadriga etishmadi, deydi sobiq klub bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan. Shuning dek «Guliston»ga qarshi uchrashuvda yuzaga kelgan vaziyat, ya`ni tanqidiy maqola chiqqani uchun «Farg`ona haqiqati» gazetasini yirtib tashlash aktsiya­si xususida bexabar ekanini xam takidlab o`tgan.

Xozirda Yuriy Sarkisyanga Oliy liganing 2ta klubidan takliflar tushgan. Ammo Sarkisyan bu takliflarni hozirchalik qabul qilmagan. Sababi bo`lib o`tgan vaziyatlardan so`ng hordiq chiqarib, bir oz o`ziga kelib olishi kerakligi takidlab o`tgan.

Ma`lumot o`rnida shuni aytib o`tmoqchimizki, Yuriy Sarkasyan 1983-1986 yillarda «Neftchi» katta murabbiy, 1987-2013 yillarda bosh murabbiy faoliyatida ishlagan. Shuningdek, 1997 yili O`zbekiston milliy terma jamoasida katta murabbiy, 2000 yili bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 1984-1985 yillarda Moskvadagi Murabbiylar oliy maktabida tahsil olgan. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy «Do`stlik» va «Mehnat shuhrati» ordenlari bilan mukofotlangan.

Milliy chempionatimizga asos solinganidan keyin uning qo`l ostida «Neftchi» 5 marta oltin (1992-1994, 2001) 9 marta kumush (1996-2000, 2002-2004, 2006) va 1 marta bronza (2008) medalini qo`lga kiritdi, 2 marta O`zbekiston kubogi (1994, 1996) sohibiga aylandi. Bundan tash­qari, «Neftchi» 1994 yili MDH Chempionlar kubogida 2-o`rin, 1995 yili Osiyo Chempionlar kubogida 3-o`rinni egallagan. Sarkisyan – O`zbekistonning 5 marta eng yaxshi murabbiyi (1998, 1999, 2001, 2003, 2006) deb tan olingan.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. бечора Саркисян, футболимиздаги нохакликлар сиззиям бошизга тушибдида, нимаям килаолардик Абрамовнинг истефосини эшитиб кандай кайфиятга тушган булсак, сиззикидаям шундай хайрон булдик

  2. lekin shunday bo’lishi aniq edi chunki anchadan buyon neftchi yaxshi natijalarga erisholmayotgandi

  3. балким биззикиларга футбол ярашмас, шу ота боболаримиздан колган кетмон билан белли ушлатиш керак-ми дейман хаммага

  4. smile zo’r gap bo’ldi!

  5. muallif 7778 – bu gapingni borib …… ga aytasan, o’zing ketmon bilan belingni qo’choqlab yuraver

  6. Номаълум

    дехконларам чорвачиликка кизикиб колишибдими?!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social