Milliy terma jamoa o`yinchilari muxlislar bilan o`yin o`tkazdilar

Toshkentda ramziy tarzda Uzbekiston futbol terma jamoasi va mahaliy muxlislar o`rtasida o`rtoqlik uchrashuv o`tkazildi. Ushbu o`yin Uzbekiston Futbol Federatsiyasining sun`iy-maydonida bo`lib o`tdi.

Terma jamoa futbolchilari quyidagilardan iborat edi: Islam Inomov, Farxod Tadjiev, Sanjar Tursunov, Marat Bikmaev, Timur Kapadze va Shavkat Salomov.

Xabaringiz bor xozir mavsumlar aro davr, mamlakat chempionatida qatnashadigan barcha futbolchilar va legionerlar ta`tilga chiqishgan. Xozirgi vaqtda Uzbekistonda bo`lgan terma jamoa futbolchilar,  o`zlarini bo`sh  vaqtlarini ajratib, ushbu o`rtoqliq uchrashuvda ishtiroq etishlariga rozi bildirishdi.

Yomg`irli ob-havoga qaramasdan, uyin nafaqat ikkala jamoada munozarali hamda ko`p ijobiy his tuyg`ularga boy bo`ldi.

Uyin saviyasiga qaramasdan, ikkala jamoalarda ham chiroyli va qat`iy o`yin kuzatildi. Uyin 6:5 xisobi bilan futbol sevar foydasiga yakun topdi. Balki uyinni ko`zatgan muxlislarga uyin xisobi qutilmagan bo`lishi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social