Mirjalol Qosimovning iste`fosi qabul qilinmadi

Mirjalol Qosimovning iste`fosi qabul qilinmadi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Iordaniyaga qarshi pley-off bahsidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin iste`fo berishini ma`lum qilgan edi.

Biroq “O`FF prezidenti Mirabror Usmonov milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste`fosini qabul qilmadi va avvaldan belgilangan strategiya – milliy terma jamoa asosini Jahon chempionatida toblangan iqtidorli yoshlar bilan to`ldirib borish vazifasini davom ettirishga chaqirdi.

Eslatib o`tamiz O`zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi rasmiy uchrashuvni 15 oktyabr`, seshanba kuni Toshkent shahrida o`tkazadi. Shu kuni Osiyo Kubogi-2015 saralash «E» guruhi 3-tur bahslari doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi V`etnam futbolchilarini qabul qiladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social