Kanoeda eshkak eshish: kanoeda eshkak eshish 1000 m masofada final chiqishda Vadim Men`kov to`rtinchi o`rinni egalagan (3:49.225). 10 avgust kuni esa u 200 m masofada o`z imkoini sinab ko`radi.
Boks: O`ktamjon Raxmonov va Elshod Rasulov Olimpia o`yinlarining yarim finaliga o`ta olishmadi. 64 kg. vazm toifasida Raxmonov 15:21 hisobi bilan kubalik Iglesias Sotolonto Ren`elega yutkazgan. Rasulov 81 kg. vazm toifasida 15:19 hisobi bilan rossiyalik Egor Mexovtsevga imkoniyatni boy berdi.
Engil atletika: nayza uloqtirish bo`yicha musobaqada Ivan Zaytsev 36 o`rinni egalagan (73,94 m).
Engil atletika bo`yicha ayollar o`rtasida yuqoriga sakrash musobaqasi saralash bosqichi o`z nihoyasiga etdi.
Ikki guruhga bo`linib ishtirok etgan barcha 34 ishtirokchilar orasida eng yaxshi natijani ko`rsatgan O`zbekistonlik Svetlana Radzivil endi sovrinli o`rinlar uchun musobaqaning finalida ko`rash olish boradi. Radzivilning ko`rsatgan natijasi 1,96 m. tashkil etadi.
O`zbekistonlik boshqa sportchi Nadiya Dusanova saralash basqichidan o`ta olmadi, uning natijasi 1,85 m. bo`lib 20 o`rinni egalagan.
Engil atletikaning ushbu yo`nalishi final musobaqasi 11 avgust kuni bo`lib o`tadi.
yana sportchilarimiz xech nimasiz qolishdiyu
xar doimgidek
yigitlar umidni sundirmaylik!