Xitoyning eng ishonchli elektromobillari reytingi tuzildi

Xitoyning eng ishonchli elektromobillari reytingi tuzildi

Voyah eng kam nuqson uchraydigan avtomobil sifatida birinchi o‘rinni egalladi.

Xitoyning avtomobil sifati tarmog‘i energiya tejovchi transport vositalarini ishlab chiqaradigan eng ishonchli mahalliy brendlar reytingini tuzdi. Ushbu turkumga gibridlar va elektromobillar kiradi.

Reyting 5 ta kategoriya asosida tuzilgan: shikoyatlar va nuqsonlar, nosozlik xavfi, ishonchlilik, xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasi.

Birinchi o‘rinni 123 ball to‘plagan Voyah brendi qo‘lga kiritdi. Huawei kompaniyasiga tegishli ARCFOX ikkinchi bo‘ldi. Geely va Mercedes qo‘shma korxonasining Smart brendi uchinchi o‘rinni egalladi.

Eng yaxshi o‘ntalik quyidagicha:

  1. Voyah
  2. ARCFOX
  3. Smart
  4. AION
  5. Hycan
  6. Denza
  7. Zeekr
  8. HiPhi
  9. AITO
  10. Geely Geometry

Hammasi bo‘lib reytingdan 34 ta brend o‘rin olgan. Ulardan 23 tasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori ball to‘plagan.

Eng kam nuqson uchraydigan avtomobillar: Voyah, ARCFOX, Smart, Aion va Hycan. Mijozlardan eng kam shikoyat tushadigan avtomobillar: Denza, Zeekr, HiPhi, AITO, Geely Geometry va Polestar.

Reytingdan Tesla ham joy olgani diqqatga sazovor. Xitoyliklar Ilon Maskning avtomobillarini allaqachon o‘ziniki deb hisoblashadi. Tesla ushbu reytingda atigi 22-o‘rinni egalladi.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juda chiroyli mashina ekan menga juda yoqdi ajoyib

  2. Тимур

    BYD ва Черрила ваще йуку sorry

  3. Prava oganmisila?

  4. Тимур

    Да, мошина хайдиман, кобальт

  5. Bizning avtomobillar hech kimga kerak emas

  6. A yaxwi Timur aka, man hali omaganman

  7. Cobalt ham juda chiroyli mashina menga yoqadi ☺️☺️☺️☺️☺️☺️ smile

  8. Prava olasmi Gulli?

  9. Inshaalloh albatta Allah nasib aylasa lekin hozir asosiy maqsadim oʻqishga kirib olish boʻlib turibdi heart

  10. Assalom alaykum hamma qatga ketdi hech kim yogʻu saytda jimjitlik bb

  11. Qani hamma sad

  12. Uqiw buyi4a yangilila bomi?

  13. Gulmira

    Avtomobillarga qiziqmayman.

  14. Vasilaxon

    Zor zor

  15. Nozimaxon

    ok

  16. BYD zor

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social