Omadsiz 94 – daqiqa! O`zbekiston – Eron 0:1

Omadsiz 94 – daqiqa! O`zbekiston – Eron 0:1

Bugun milliy terma jamoamiz Bunyodkor stadionida Eron milliy terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. Muxlislarimiz milliy terma jamoa o`yini katta sog`inch bilan kutishgani aniq. Shu sabab bu o`yin o`rtoqlik uchrashuv bo`lishiga qaramasdan ancha katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Butun o`yin maboynida hamyurtlarimiz raqiblarga qaraganda shiddatliroq o`yin olib borishdi. Raqib darvozasi oldida ancha xavfli xujumlar uyushtirildi, lekin odatdagidek zarbalarga aniqlik etishmadi.

O`z navbatida Eron futbolchilari ham Ignatiy Nesterov qo`riqlayotgan darvoza oldida ham bir qancha xavfli xujum tashkil etishdi. Lekin baxtimizga raqib futbolchilarning zarbalariga g`am aniqlik etishmadi.

O`yin asosiy vaqti shu tariqa o`z nihoyasiga etti va stadionga kelgan muxlislar gol ko`rishmasa ham terma jamoa o`yinchilarining hatti harakatlarini ko`rib, durangga rozi bo`lishgan edi. Lekin afsus bunday bo`lmadi. Esingizdami, JCh 2014 guruh bosqichidagi Eron termasiga boy berilgan o`yin?! Ha, aynan mana shu hisobda bugungi o`rtoqlik uchrashuvi ham o`z nihoyasiga etdi.

O`yinning 94 daqiqasida Eron futbolchisi Ignatiy Nesterov darvozasiga o`ng tomondan bir qancha himoyachini ortta qoldirib, darvoza oldiga yorib kirdi va darvoza tomon zarba berdi. Shu tariqa bu uchrashuvda JCh 2014 guruh bosqichidagi stsenariy takrorlandi. Terma jamoamiz butun o`yin davomida ustunlikni saqlab turdi, xavfli xujumlar ham uyushtirdi, lekin yakunda o`z darvozalaridan to`p olib chiqishga majbur bo`lishdi.

Endi terma jamoamiz oldida Shimoliy Koreya termasi bilan rasmiy uchrashuv turibdi. Ushbu o`yinda futbolchilarimizga jismonan kuch va omad tilab qolamiz.

Qanday natija bo`lishidan qat`iy nazar, BIZ TERMAMIZNI QO`LLAB QUVVATLAyMIZ!!!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. yomon o’ynashmadi endi koreyaga qarshi ke4adigan o’yinni kutamiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social