FIFA U-17. O`zbekiston – Marokash 0:0

FIFA U-17. O`zbekiston – Marokash 0:0

O`smirlar o`rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqich 2-tur uchrashuvlaridan o`rin olgan O`zbekiston hamda Marokash terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv o`z nihoyasiga etdi. Ikkila terma jamoa xam o`z darvozalar dahlsizligani saqlab qoldi va 0:0 hisobi qayd etildi.

Birinchi bo`lim boshlaridanoq Marokash terma jamoasining maydondagi faolligi va to`pni o`zida saqlab turish bo`yicha ustinligi yaqqol sezilib turdi. O`yinning 17 daqiqasida Marokashliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Ammo kuchli berilgan zarba darvoza to`siniga tegib qaytdi va hisob ochilmadi. Birinchi bo`lim to`liq Marokashliklar ustinlagi o`tdi, bo`lim so`ngida esa ular yanada bosimni oshirishdi. Ammo terma jamoamiz futbolchilari va darvozaboni juda ishonchli o`yin ko`rsatib raqib hujumlarini bartaraf etishdi. Birinchi bo`limda hisob ochilmadi. 0:0.

Ikkinchi bo`lim boshlarida O`zbekistonlik futbolchilar tashabbusni o`z qo`llariga olishga xarakat qildi. Goh O`zbekiston futbolchilari goh Marokash fotbolchilari hujumlar tashkil etishdi. Hujumlar tashkil etishda Marokashliklar yaqqol ustinlik qilishdi va darvozamiz oldida juda ko`p keskin vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo xujumlar samarasiz yakunlandi. O`yin oxirida Marokash futbolchilari ham juda yohtiotkor xarakat qila boshladi boshlashdi. Sababi kiritilgan birgina to`p o`yin taqdirini va keyingi bosqich masalasini hal etar edi. Lekin o`yin so`ngigacha hisob o`zgarmadi 0:0.

Ushbu kuni Dilshod Nuraliev shogirtlari juda xam ishonchli o`yin ko`rsatishdi va kerakli 1 ochkoni qo`lga kiritdi. Endilikda terma jamoamiz hisobida umumiy 4 ochko bor. Ush bu 4 ochko ham o`smirlarimizni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Buni esa vaqt ko`rsadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    olib chiksin ish qilib shu 4 ochko )))

  2. Исмингиз

    Xammasi BBA ga bo’g’liq. Agar 3 turda BBA yutsa. Bizning o’smirlar keyinga bosqichdade…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social