O`zbekiston o`smirlari chorak finalda

O`zbekiston o`smirlari chorak finalda

Aytib o`tishimiz joyizki, futbol bo`yicha Eronda o`tkazilayotgan 2012 yilgi o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionati futbol muxlislarini ancha xavotirga solmoqda. O`smirlar terma jamoamiz chempionatdagi birinchi o`chrashuvini Hindiston o`smirlar terma jamoasiga qarshi o`tkazishdi. Bu uchrashuvda jamoamiz futbolchilari Hindistonlik futbolchilar ustidan 3:2 hisobida g`alaba qozonishganida, ko`pchilik futbol muxlislari chempionat chorak finaliga chiqish uchun  birinchi qadam tashlandi  deb xursand  bo`lishgandi.

Lekin jamoamiz ikkinchi uchrashuvda Xitoy o`smirlar termasi bilan jangavor durang 1:1 hisobini  qayd etishganida, shubxasiz muxlislarda bo`lgan xavotir uyg`ondi.

Kecha, 27 sentyabr` kuni O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi o`z guruhidagi 3-tur doirasida Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. O`yin suriyaliklarning 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. Suriya o`smirlar terma jamoasi bu g`alabadan keyin guruhda birinchi o`rinni egalladi. O`yin yakunlanishi bilan o`zbekistonlik futbolchilar maydonda o`tirib qolishgandi. Sababi futbolchilarimiz chorak finalga yo`l olishi keyingi uchrashuv natijasiga bog`liq bo`lib qoldi.  Biroq parallel o`tgan o`yinda Hindiston Xitoy bilan 2:2 hisobida durang o`ynagani e`lon qilinganidan so`ng, Suriya terma jamoasi a`zolari O`zbekiston terma jamoasini keyingi bosqich yo`llanmasi bilan tabriklashdi.

Natijada 30 sentyabr`, yakshanba kuni bo`ladigan chorak finalda Janubiy Koreya va O`zbekiston terma jamoalari maydonga chiqadigan bo`lishdi. O`yin “Roh-Ohan” stadionida soat 16:30da (Toshkent vaqti bilan) o`tkaziladi. Chorak finalda g`olib chiqqan jamoalar esa yarim final bilan birga kelasi yili BAAda bo`lib o`tadigan jahon chempionati yo`llanmasini ham qo`lga kiritadi.

Chorak finalda o`smirlar terma jamoamizga omad tilaymiz!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    жанубий кореяни ютиш анча кийин булади, лекин шахсан ман футболчиларимизга ишонаман

  2. хош

    кани болла бугун бизлани уялтирмейла, биза сиза билан

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social