Smartfon displeyini 120 dyuymli ekranga aylantiruvchi «aqlli» ko‘zoynaklar taqdim etildi

Smartfon displeyini 120 dyuymli ekranga aylantiruvchi «aqlli» ko‘zoynaklar taqdim etildi

U xuddi quyosh ko‘zoynaklariga o‘xshab ketadi.

Xitoyning Huawei texnologiya giganti Vision Glass virtual reallik ko‘zoynaklarini taqdim etdi. Qurilmaning o‘zi g‘ayrioddiy – unda protsessor ham, akkumulyator ham yo‘q, uning ishlashi uchun smartfonga ulanish talab etiladi.

Kompaniya taqdimotiga ko‘ra, Vision Glass – smartfon «ekranini mukammallashtirishga» yordam beruvchi qurilma. Shu bilan birga, u oddiy quyosh ko‘zoynaklariga o‘xshaydi.

Ko‘zoynakning o‘zida faqat dinamiklar va ikkita FullHD OLED displeyi bor. Ular 120 dyuymga teng bo‘lgan yagona tasvirni shakllantiradi. Maksimal yorqinlik – 480 kd/kv.m, rang maydoni qamrovi 90 foizga teng.

Qurilma smartfonga USB-C orqali ulanadi. Ko‘zoynak batareyasining ishlash muddati telefon batareyasi bilan teng.

Xitoyda qurilma dekabr oyida sotuvga chiqariladi. Uning narxi hozircha oshkor etilmadi. Biroq, Vision Glass an’anaviy to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklariga qaraganda ancha arzon bo‘lishi aniq.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Нозим

    Зурку good

  2. Тимур

    Олардим узимга, кино куришга

  3. Aziza

    Narxini qa4on etwarkan?

  4. Тимур

    Кейинги йили сотувга чикканда

  5. Usman

    Prikolniy

  6. Urus

    kim olarkan bunaqa narsani ozi?

  7. Odil

    Men olardim

  8. Sobir

    zurnarsakan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social