3 fevral kuni Toshkentga Avstraliya Olimpiya terma jamoa delegatsiyasi tashrif buyuradi. Ertasi kuni, ya`ni 4 fevralda esa “Jar” maydonida Aurelio Vidmar jamoasining O`zbekiston termasi bilan uchrashuvidan oldingi birinchi va yagona mashg`uloti bo`lib o`tadi. 5 fevral kuni O`zbekiston va Avstraliya olimpiya jamoalari 2012 yili Londonda bo`lib o`tadigan Olipiada uchun yo`llanma beruvchi saralash uchrashuvida maydonga chiqishadi. Eslatib o`tamiz bu ikki jamoa o`rtasidagi Sidneyda bo`lib o`tgan uchrashuv durrang – 0:0 natija bilan yakunlangan.
Saralash o`yinlarining birinchi davra uchrashuvida bosh murabbiy Vadim Abramovning shogirdlari o`z guruhida etakchi sifatida tugatganlar. O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi 3 turdan keyin 5 ochkoga ega. Ikkinchi o`rinda Iroq jamoasi 4 ochko bilan egallab turibdi, Avstraliya hisobida esa 3 ochko mavjud. Turnir jadvali eng pastki pog`onasida 2 ochko bilan BAA jamoasi joylashgan. Fevral oyida London 2012 Olimpiya o`yinlarida ishtirok etishga yo`llanma beruvchi saralash o`yinlarining ikkinchi bosqichi boshlanadi. 5 fevralda O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstraliya Olimpiya terma jamoasini qabul qiladi, Iroq esa BAA bilan o`yin o`tkazadi. 22 fevral kuni O`zbekiston mehmonda Iroq bilan o`yin o`tkazadi, Avstraliya esa BAAda mehmonda bo`ladi. Va nihoyat 14 mart kuni O`zbekiston BAA bilan uyda uchrashuv o`tkazadi, Avstraliya esa Iroq jamoasini qabul qiladi.
Hozir Osiyoning 12 ta Olimpiya terma jamoalari Londonda Olimpiya o`yinlari finaliga chiqish uchun uch guruhga bo`linib o`yinlarni o`tkazishmoqdalar. O`z guruhlarida birinchi o`rinni egallagan jamoalar to`g`ridan-to`g`ri Olimpiya yo`llanmasini qo`lga kiritishadi, ikkinchi jamoalar esa pley-offda Afrika qit`a jamoalari bilan o`zaro o`yin olib boradi.
уларнинг биринчи учрашуви 0:0 булганми?
uzbekistonga omad tilab qolamiz! umid qilaman bu safar uzbekiston oldiga chiqadi…
ularni qaysi chempionatda xozir uynashadi? yoki saralash bosqichdami ular?
Улар хозир саралаш боскичида. Саралаш боскичидан мувофакиятли утсалар, яни гурухда биринчи уринни олсалар тугридан тугри Лондонга боришади
bizlani jamoamiz rosa tayyorganlik kurishda, endi kuramiza bu qanchalik foyda beradi. ishqilib @Zenit@ ga yutqazganidek 5:0 ga yutqazishmasinda
лекин ютказишса роса расво буладде
энди жа 5:0 булмайди,лекин 1:0 ёки 2:0 булиши мумкин ))))
uzbekistonga omad,ishonamiz sizga jamoa!
Bu safar yutishsa kerak, vaqti keldi bizning ham jamoalarimizzi xalqaro turnirlarda ishtirok etishining
Ja bo’lmasa otborochniydan chiqsa boshimiz osmonga etardi. Omad tilimiza.
Ey qovun tushurishadide hardoimgidey